“Zabarjad Media” nashriyoti 2023-yil oktabrida 1910−1920-yillarda — jadidlar davrida eski o‘zbek alifbosida chop etilgan va bir asrdan beri tabdilini kutib yotgan sakkiz to‘plamni “Jadid kulliyoti” turkumida lotin yozuvida chop etdi. Kulliyotni “boshdan oxir millatga, xalqqa murojaatdan, milliy ogohlik da’vatidan iborat” bayoz — “Sabzazor” to‘plami ochib beradi. To‘plam Munavvarqori tomonidan 1914-yilda nashrga tayyorlangan va chop etilgan bo‘lib, unga Vasliy, So‘fizoda, Avloniy, Xislat, Tavallo, Ajziy, Xolid Said, Miskin, Hamza, Mirmulla, Ahqariy, Afandixon, Laylixonim kabi ijodkorlarning she’rlari kiritilgan.
“Gazeta.uz” tahririyati “Zabarjad Media” nashriyoti ruxsati bilan 2023-yilda chop etilgan to‘plamga filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori Nodira Egamqulova va tadqiqotchi Husniya Do‘salova tomonidan “Sabzazor” haqida yozilgan so‘ngso‘zni qayta e’lon qiladi (O‘tgan hafta kulliyotning “Ulug‘ Turkiston” to‘plamiga kiritilgan Mustafo Cho‘qay xati e’lon qilingan edi).
Ma’rifiy ruhdagi milliy she’rlar bayozi
XIX asr oxiri — XX asr boshlarida Turkiston hududida jadidchilik sifatida namoyon bo‘lgan milliy uйғониш harakati XX asrning 20-yillarigacha davom etdi. Milliy adabiyotimiz tarixining shonli sahifalaridan biri bo‘lgan bu davrda mumtoz adabiyot va jadid аdaбиёти bir-biriga qorisha boshladi. Jadidchilar o‘z yaratgan asarlarida: roman, drama, sahna asarlari, she’riy to‘plamlarida mumtoz adabiyotni ham chetga surmagan holda, jamiyat va xalq hayotini намоён eta boshladi. 1906-yildan boshlab nashrdan chiqa boshlagan “Taraqqiy”, “Xurshid”, “Shuhrat” singari milliy gazetalarda ma’rifatparvarlik ғояlarи ilgari surilgan, vatanparvarlik ruhidagi milliy she’rlar va qo‘shiqlar chop etila boshlandi.
Milliy matbuotimizning ikkinchi davriga kelib, “Sadoyi Тuркистон”, “Sadoyi Farg‘ona”, “Oyina” kabi nashrlar ham yuzaga keldi. Behbudiy, Abdulla Qodiriy, Fitrat, Avloniy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Hamza, Tavallo, Sidqiy, Cho‘lpon, Xislat, Ajziy, Vasliy, So‘fizoda kabi ko‘plab shoir va yozuvchilarning ijodlari, milliy she’rlar va qo‘shiqlari gazeta, jurnallarda bosilib, xalqni ma’naviyatga yetakladi. Jadid adabiётининг buyuk ijodkorlari tomonidan yaratilgan asarlar dunyoviy ilm-ma’rifatni targ‘ib etish, inson kamoloti bilan bog‘liq ideallarni kuylash orqali insoniyat badiiy-estetik tafakkuri taraqqiyotiga xizmat qilgan.
Jadid she’riyatining birinchi bosqichi 1905−1917-yillar oralig‘i deb belgilansa, shu qisqa vaqt ichida yuz bergan jarayon ko‘p asrlik an’ana qolipini парчалаб yubordi[1]. Bu bosqich she’riyatda “tajriba bosqichi” bo‘ldi va u ифоdaнинг to‘porilikdan jozibadorlikka o‘tishiga zamin hozirladi. “Kuydan da’vatga”[2] aylangan bu davr she’riyatini ma’rifiy ruhdagi she’rlar bayozi, дейиш mumkin. Unda “erkinlik”, “taraqqiyot”, “ma’rifat” mavzulari asosiy chiziq bo‘lib o‘tganini ko‘ramiz.
She’riy asarlar dastlab matbuot vositasida keng taрқalган bo‘lsa, asta-sekinlik bilan Sharq tazkirachilik, девон tuzish an’analarini сақлаган holda she’riy to‘plamlar, bayozlar tuzish ommalashdi. She’riy asarlarning kitob holida nashr etilishida devon an’anasiga rioya qilinar ekan, shuning barobarida bu asriy tartib-qoidalarda o‘zgarishlar yuz berdi. Shuningdek, bayoz adabiёти ham yangi bosqichda davom etdiki, ularning mavzu yo‘nalishi butunlay yangicha edi[3].
Shu o‘rinda adabiётshuнос Hamidulla Boltaboyev ta’kidlaganidek, XX asr boshlari o‘zbek adabiyotshunosligi jahon adabiётshuнослиги andozalaridan oziqlangunga qadar mumtoz adabiyot an’analarining vorisi sifatida shakllandi. Tazkirachilik bu davrda mazmunan boyib, tarkib jihatdan rang-baranglashdi va nafaqat adabiy tanqidning, balki umumiy adabiyotshunoslikning faol sohasiga aylandi. Uning tarixiy taraqqiyoti natijasida poetik antologiya (bayoz) va xrestomatiya (majmua)lar yaratish sari qadam qo‘yildi[4]. Aytish mumkinki, XX asr boshlari o‘zbek adabiyotida tazkirachilikning boyishi, bayoz-u мажмuаlarнинг yaratilishi va ayni paytda ularning янгilaниши natijasida yangi shakl hamda mazmunga ega she’riy to‘plamlar paydo bo‘ldi[5]. Shunday she’riy to‘plamlarning biri “Sabzazor” to‘plamidir. Mazkur to‘plam “Sadoyi Turkiston” (1914−1915) gazetasida e’lon qilingan she’rlardan jamlangan bo‘lib, tuzuvchisi Munavvarqori Abdurashidxonovдир.
“Sabzazor” milliy she’rlar to‘plami hamda shu davrda jamlangan she’riy to‘plamlar va bayozlarning g‘oyasi mushtarak bo‘lib, xalqning milliy ruhini uyg‘otishdir. Bu to‘plamlardan o‘rin olgan she’rlar va qo‘shiqlar millatning keyingi rivojida muhim ahamiyat kasb etadi. Bundan tashqari, bu she’rlar va qo‘shiqlarda xalqning yashash tarzini ochiq-oydin namoyon etadi. Turkiston xalqini birdamlikka chorlash, taraqqiyot sari olg‘a qadam bosishga undaydi. Ibrohim G‘afurov so‘zlari bilan aytganda, XX asr milliy adabiyotimizni boshlab bergan bu kitoblar uzoq zamonlar yo‘qqa chiqarib yuborildi. Ular o‘rganilmadi. Ularning keyingi milliy adabiyotning harakatidagi o‘rni va ahamiyati aniqlanmadi. Qo‘rqitilgan odamlarda urf bo‘lib ketgan siyosiy hafsalasizlik bunga yo‘l bermadi[6]. Holbuki, bu to‘plamlar yangi millat hayotini, undagi o‘zgarishlarni олқишлаган va milliy hafsalasizlikning barcha turlariga qarshi tanqid o‘tini yoqqan ilk nashrlar edi.
Bayozda, asosan, ma’rifatparvarlik ruhidagi she’rlar o‘rin olgan. Bayozning unvon varag‘ida to‘plovchi va noshir Munavvarqorining: “„Sadoyi Тuркистон“ jaridasina she’r yozib turgon yosh shoirlariмизнинг daruni dillaridan chiqorub, millati islomiyaning ahvol hozirasin go‘zal suratda tasvir etgan, milliy she’rlarini millat xotirida abad qoldurmak orzusinda aksarlarining masoidayi millatparvaronalari ila bu risola tartib olundi”, degan izohi bor. Bu haqda аdaбиётshuнос Ibrohim G‘afurov ham qayd etib o‘tadi: “Kitobcha bor-yo‘g‘i 30 betgina, u ham uzuq-yuluq sahifalardan to‘planib, to‘ldirilgan, avaylab yopishtirilib, bir butun holga keltirilgan. Chamasi, bu xayrli ishni boshqa ko‘p ulug‘ xizmatlari qatori domla Nосирuф ado etgan. Titul varag‘ida u kishining qo‘llari bilan sana va mundarija darj etilgan”[7].
Ushbu she’riy to‘plam “Sadoyi Turkiston” sahifalarida e’lon qilingan materiallar asosida, bayoz shaklida tartiblangan bo‘lib, taraqqiyparvar jadidlarning millat ruhini yangilash, ma’rifatli qilish g‘oyalarini aks ettirishi bilan yangi o‘zbek she’riyatiga yo‘l ochgan. Bayozdan Vasliy, So‘fizoda, Avloniy, Xislat, Tavallo, Ajziy, Xolid Said, Miskin, Hamza, Laylixonim, Afandixon kabi ijodkorlarning g‘azal, muxammas va musaddaslari joy olgan. She’rlarning barchasi gazetaga tabriklar va milliy mavzuga oid mavzularda bo‘lib, xalqni ҳuшyorlikка undovchi ruhda yozilgan. “Sabzazor” boshdan oxir millatga, xalqqa murojaatdan iborat. Millatni taraqqiyotga yetaklovchi, ilm-u fanga e’tibor orqali Turkiston xalqini dunyoda o‘z o‘rnini topishga uндовчи ruhda berilgan. To‘plamdan 47 ta she’r o‘rin olgan, ba’zilari sarlavhasiz kiritilgan. Asar odatiy hamd va na’t bilan boshlangan:
Beadad ul xudoya hamd-u sano,
Bandaparvar Karim va bihamto.
Xoliqi ins-u jin-u layl-u nahor,
G‘ofir al-zanbi olam alasror.
Avloniyning “Ikki sado”, “Biz nelar qilamiz?”, “Jarida muhiblarina”, “Shoir ila to‘ti”, “Iffatli insonlar”, “Gapurmanglar”, “Sadoyi bulbul”, Hamzaning “Ahvolimiz”, “Jahlda qolganlarmiz”, So‘fizodaning “O‘qunglar, онаlar!” kabi she’rlarida taraqqiyparvarlik davri she’riyatiga xos shikoyat, hasbi hol, millat axloqi masalalari aks etgan.
Avloniyning she’rlari bayozda katta o‘rinni egaллаган. Ushbu she’rlarning “Sadoyi Turkiston” uslubiga moslab yozilganini e’tiborga olsak, ularda usmonli shevadagi so‘zlarning ko‘p qo‘llangani, xususan “Tarjimon” tiliga yaqinlashishga harakat bo‘lganini ko‘rishimiz mumkin. “Tazkirayi Qayyumiy”da keltirilishicha, Avloniy “15 yoshlaridanoq turli shevadagi adabiyot bilan qiziqib va ularga o‘xshatib o‘zi ham she’rlar so‘zlay boshladi”[8]. She’riyatni yangilash masalalari qalamga olingan “Gapurmanglar” she’rida buni aniqroq ko‘ramiz:
Ziyonlik, dilga o‘rnashgan yomon ishlarni toshlayluk,
Ota-bobom qilan deb, urf-u odatdan gapurmanglar.
Siza arzim budur, ey shoiron (!) ishqiya nazm etmang,
Qalam qosh, zulfi sunbul, sarvi qomatdan гапuрмангlar[9].
Gazeta xalqni ma’rifatga boshlovchi bir yo‘l deb qaragan jadidlar buning uchun Allohga hamd-u sanolar aytishadi. Parvardigorning bandalariga qilgan himmati uchun ash’orlar bitishdi. Bundan tashqari, tashakkurnoma va tabriklar aytib, she’rlar yozishib, gazetada nashr қилишди.
Ko‘nglum aylar duoyi Turkiston,
Manga lozim sanoyi Turkiston.
Vatanimdur bu — markazi fuzalo,
Jon erur oshinoyi Turkiston.
Yerlaring shohi erdi ushbu zamin,
Boshqalardur gadoyi Turkiston[10].
Bir tomondan, din peshvolari maktablarni “kufr” deb e’lon qilgan, ikkinchi tomondan, mustabid мuсtaмлакачиlar qarshilik ko‘rsatgan, uchinchi tomondan, xalq ommasi hali qo‘rquv va esankirash iskanjasida turgan zamonda “Sadoyi Turkiston” gazetasida nashr qilingan xalqni ma’rifatparvarlikka chorlovchi she’rlar “Sabzazor” to‘plamida jamlanib bayoz holiga keltirilgani juda katta jasorat edi. To‘plamga kiritilgan she’rlarda boshqa millatlar va o‘z millatimiz hol-ahvoli solishtiriladi. Millat ziyolilari boshqa millatlar ilm-fanga sarmoya tikayotgan bir paytda bizning millatimiz aysh-ishratga berilib қолганига achinishdi. Topgan pulini taraqqiyotga, farzandlari ta’limiga sarflamay, dabdabali to‘y va ma’rakalarga xarajat qilayotganliklaridan o‘kinishdi, millatning kelajagi ilm-fan ekanini she’rlari orqali xalqqa yetkazishga urinishdi.
Ikki jahon saodati ilm-u funundadir,
Jon ila dil farog‘ati ilm-u funundadir,
Millatni shon-u shavkati ilm-u funundadir,
Ag‘yor elini diqqati ilm-u funundadir,
Biz mundin e’tiroz va faror aylamakdabiz[11].
Taraqqiyotga qadam qo‘yish uchun faqatgina o‘g‘il bolalarni emas, qizlarni ham o‘qitish kerakligini ta’kidlashdi. Farzandlarning tarbiyali bo‘lishi uchun onalar ham o‘qigan va tarbiyali bo‘lishlari kerakligi haqida she’rlarida takror-takror bitishdi:
Ilmg‘a berdi shar’imiz keng yo‘l,
Qamamang siz tor uylara chandon.
Faqat erlar o‘qush ila bo‘lmas,
Qizlarimiz ham bo‘lsalar o‘qugan.
O‘qugan yosh yigitga, nodon qiz
Yoqmagay hech bu so‘zg‘a bormu gumon.
Bolalar tarbiyatlik o‘lmak uchun,
Onalar bo‘lsun tarbiyat ko‘rgan[12].
“Sabzazor”da o‘rin olgan she’rlarda qo‘llangan поэтик obrazlar yangilanayotgan o‘zbek she’riyati asosiy xususiyatlarini ham ko‘rsatib turadi. An’anaviy she’riyatdagi poetik obrazlar (gul, bulbul, yor, ag‘yor) янги mazmun kasb eta boshladi. “Maktab”, “ilm-fan”, “ma’rifat”, “taраққиёт” tushunchalari asosiy o‘ringa ko‘tarildi. Bu davrga kelib mahbubaga emas, aksincha ilmga, ma’rifatga muhabbat e’lon qilindi[13]. Jadid shoirlari o‘zlarining muhabbat haqida yozilgan she’rlaridan voz kechdi. Misol uchun, samarqandlik shoir “Siddiqiy-Ajziy o‘zining xuddi shunday “хuшtabъ”lik ila yozilgan ishqiy she’riyatidan voz kechdi, ularni kuydirib tashladi”[14]. Professor Begali Qosimov Avloniyning 1890-yillardagi ishqiy she’rlarining bizgacha yetib kelmaganligiga ham shu holatni sabab qilib keltiradi. Jadidlar millatni ozodlikka olib chiquvchi yagona yo‘l, yagona chorani ilm-ma’rifatda ko‘rishdi.
“Sabzazor” to‘plamiga kiritilgan she’rlarning katta qismi aruz vaznida yaratilgan. Mumtoz she’riyatning g‘azal janridan keng foydalanilgan. Bundan tashqari she’riyatning barmoq vaznidan ham foydalanilgan o‘rinlar mavjud.
Yuqoridagi mulohazalar shu kunga qadar alohida tadqiq etilmagan “Sabzazor” to‘plami xususida boshlang‘ich fikrlar, tahlillardir, deb ayta olamiz. XX asr boshlari аdaбий jarayoniga mansub yana “Milliy ash’ori Tarjimon” (1910), “Milliy she’rlar majmuasi yoxud adabi din” (1912), “Yangi adabiyot” (1915) deb nomlangan ko‘plab bayoz va to‘plamlar borki, ular hanuzgacha o‘z tadqiqotchisini kutib turibdi.
Bu kabi manbalarni tabdil va izohi bilan nashrga tayyorlash, ilmiy muomalaga olib kirish, albatta, jadid adabiyoti va adabiyotshunosligini yangi ma’lumotlar bilan бойиtaди.
Nodira Egamqulova,
filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori
Husniya Do‘salova,
tadqiqotchi
- Qosimov B. Milliy uyg‘onish: jasorat, ma’rifat, fidoyilik. — Toshkent: Ma’naviyat, 2002. — B. 128.
- Yo‘ldoshev Q. Yoniq so‘z. — Toshkent: Ma’naviyat, 2006. — B. 184.
- Nazarova Sh. XX asr boshlari o‘zbek she’riyatining yangilanish tamoyillari (yangi o‘zbek she’riyati kontekstida) Filol. fan. dok. diss… — Toshkent, 2023. — B.34.
- Boltaboyev H. XX asr boshlari o‘zbek adabiyotshunosligi va Фитратнинг ilmiy merosi: fil.fan.dok… diss. — Toshkent, 1996. — B. 30.
- Nazarova Sh. XX asr boshlari… — Toshkent, 2023. — B. 34.
- G‘afurov I. Mangu latofat. — Toshkent: Sharq NMAK, 2008. — B. 12.
- G‘afurov I. Mangu latofat. — Toshkent: Sharq NMAK, 2008. — B. 12.
- Po‘latjon Domla Qayyumov. Tazkirayi Qayyumiy. 3-jild. — Toshkent: O‘zRFA Qo‘lyozmalar instituti tahririy nashriyot bo‘limi, 1999. — B. 582.
- Abdulla Avloniy. Gapurmanglar. Sabzazor. Birinchi tab' (noshir va to‘plovchi Munavvarqori). — Toshkent: Ilin tipo-litografiyasi, 1914. // Sadoyi Turkiston. 1914. №11
- Sayyid Ahmad Vasliy. Tashakkur. Sabzazor. Birinchi tab' (noshir va to‘plovchi Munavvarqori). — Toshkent: Ilin tipo-litografiyasi, 1914. — B. 3.
- Sidqiy. Qanday ahvoldabiz. Sabzazor. 1914. — B. 14.
- Ahqariy. Yangi g‘ozetamizga xitob. Sabzazor. — Samarqand, 1914. — B. 13.
- Egamqulova N. XX asr boshlari adabiy jarayoni muammolari (1906−1917-yillar o‘zbek vaqtli matbuoti misolida). Filol. fan. bo‘yicha falsafa dok. diss… — Toshkent, 2021. — B. 82.
- Avloniy Abdulla. Tanlangan asarlar. 1-jild. — Toshkent: Ma’naviyat, 1998. — B. 50.