Futbol bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionati 1/8 finalida O‘zbekiston terma jamoasi Angliyaga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv 22-noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 13:30 da boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, o‘zbekistonliklar guruh bosqichida Maliga imkoniyatni boy berdi (0:3), Kanadani mag‘lubiyatga uchratdi (3:0), Ispaniya bilan esa durang (2:2) o‘ynab, 4 ochko bilan “B” guruhida uchinchi o‘rinni egalladi. Har bir guruhdan birinchi va ikkinchi o‘rinni olgan va uchinchi o‘rinni egallagan to‘rtta eng yaxshi jamoa, jumladan, O‘zbekiston ham Jahon chempionatining 1/8 final bosqichiga yo‘llanma oldi.

O‘zbekistonning navbatdagi raqibi Yangi Kaledoniya (10:0), Eron (2:1)ni mag‘lub etib, Braziliyaga (1:2) yutqazib, 6 ochko bilan “C” guruhida birinchi o‘rinni egallagan Angliya terma jamoasi bo‘ladi.

Angliya o‘smirlar o‘rtasidagi 2017-yilgi jahon chempionati g‘olibi bo‘lgan bo‘lsa, O‘zbekistonning eng yaxshi natijasi 2011-yilgi chorak final bo‘lgan. O‘zbekiston terma jamoasi so‘nggi bor 2013-yilda 1/8 finalga chiqqan va Gondurasga (1:2) mag‘lub bo‘lgandi.

u-17, футбол

Angliya terma jamoasi safida “Chelsi”ning 5 nafar, “Manchester Siti”ning 4 nafar, “Sautgempton”ning 3 nafar va “Arsenal”ning 2 nafar futbolchisi ishtirok etadi. Ushbu uchrashuvda g‘olib chiqqan jamoa chorak finalda Fransiya-Senegal juftligi g‘olibiga qarshi bahs olib boradi.

u-17, футбол

O‘zbekiston U-17 terma jamoasi hujumchisi Amirbek Saidov uchta gol bilan to‘purarlar poygasida bormoqda.