7-noyabr kuni O‘zbekistonning yangi tayinlangan favqulodda va muxtor elchisi Amirsaid A’zamxo‘jayev Polsha poytaxtiga yetib bordi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.
Amirsaid A’zamxo‘jayev 1985-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Toshkent davlat jahon tillari universitetini tamomlagan.
U faoliyati davomida Tashqi ishlar vazirligining konsullik-huquqiy departamentida, O‘zbekistonning Istanbul shahridagi bosh konsulligida ishlagan. 2020-yildan buyon bosh konsullikka rahbarlik qilib kelayotgandi.
Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.
U 2015-yildan boshlab O‘zbekistonning Polshadagi muvaqqat ishlar vakili va 2019-yildan favqulodda va muxtor elchi vazifasida ishlagan Bahrom Babayev o‘rnini egalladi.