O‘zbekistonda kuzning butun tarovatiyu go‘zalligi endi — daraxtlar xilma-xil tuslarda tovlanishga kirishgach ochila boshladi. “Gazeta.uz” fotomuxbirlari mamlakat bo‘ylab sayohatlari davomida kuz manzaralarini suratlarga muhrladi.

Madina A’zam

Qariyb 2 yildan beri “Gazeta.uz”da faoliyat yuritayotgan Madina har faslni o‘zgacha ko‘radi (kuz, qish, bahor) va his qila oladi. Uning suratlari har doim hissiyotlarni junbishga keltira oladi.

газета.uz, евгений сорочин, kuz, мадина аъзам, fotoрепортаж, шоҳруҳ haydarov

Madina bu safar kuzga ko‘proq detallar orqali nazar tashlagani seziladi (2022-yilgi suratlar — bu yerda).

газета.uz, евгений сорочин, kuz, мадина аъзам, fotoрепортаж, шоҳруҳ haydarov

газета.uz, евгений сорочин, kuz, мадина аъзам, fotoрепортаж, шоҳруҳ haydarov

“Kuz kirib kelganini oyoqlaringiz ostidagi yaproqlar shitir-shitiri, qahvaning betakror hidi, odamlar qo‘lidagi yomg‘irpo‘shlar, bozor rastalaridagi kuz xosillari orqali his qilishingiz mumkin. Goh-gohida yog‘ib o‘tadigan yomg‘ir esa poytaxt peyzajini yanada go‘zallashtiradi. Go‘yoki, yomg‘ir tomchilari tovushi kuzni e’tirof etib, kuylayotgandek bo‘ladi. Bu faslni fotograf surat orqali kadrga muhrlash bilangina cheklanadi. Bu xuddi bepoyon tabiatning manzarasini 3:2 formatdagi ramkaga solishga o‘xshaydi. Aslida, fasllar orqali ko‘ra olish mumkin bo‘lgan go‘zallik chek-chegarasizdir”, — deydi Madina A’zam.

газета.uz, евгений сорочин, kuz, мадина аъзам, fotoрепортаж, шоҳруҳ haydarov

Madina bir necha kun avval Navoiy viloyatidagi Sentob qishlog‘ida ham bo‘ldi.

газета.uz, евгений сорочин, kuz, мадина аъзам, fotoрепортаж, шоҳруҳ haydarov

газета.uz, евгений сорочин, kuz, мадина аъзам, fotoрепортаж, шоҳруҳ haydarov

Shohruh Haydarov

Shohruh 1 yildan ortiq vaqt davomida nafaqat yangiliklar tayyorlash, balki fotomuxbirlikda ham uncha-munchasidan qolishmasligini isbotlay oldi. U o‘z suratlariga Toshkent ko‘chalari, shuningdek, Botanika bog‘idagi fasl almashinuvini muhrlagan.

”газета.uz,

Shohruh suratlarni ko‘proq telefoni yordamida oladi, shunga qaramay, suratlar professional fotokamera tasviridek e’tiborga molik chiqadi.

”газета.uz,

“Kuz fotografiya ihlosmandlari uchun chinakam ijod davri. Bu paytdagi rang-barang tabiat va tiniq havo suratlarning jozibador chiqishiga katta yordam beradi. Havo sovib borishi kayfiyatni biroz tushirsada, kun yakunidagi quyosh botishi uni yuvib ketadi. Umuman olganda, kuz yoqimli fasllardan biri. Aytgancha, sentabrda tug‘ilgan kunimni nishonlashim uchun ham ushbu fasl esda qolarli o‘tadi”, — deydi Shohruh haydarov.

”газета.uz,

Yevgeniy Sorochin

“Gazeta.uz” jamoasining foto bo‘yicha “og‘ir artilleriyasi”, rasmlarni “gapirtirib” yuboradigan Yevgeniy Sorochin bu safar Toshkent va Samarqanddagi kuz atmosferasini tasvirlashga harakat qilgan (2022-yilgi suratlar — bu yerda).

газета.uz, евгений сорочин, kuz, мадина аъзам, fotoрепортаж, шоҳруҳ haydarov

газета.uz, евгений сорочин, kuz, мадина аъзам, fotoрепортаж, шоҳруҳ haydarov

газета.uz, евгений сорочин, kuz, мадина аъзам, fotoрепортаж, шоҳруҳ haydarov

газета.uz, евгений сорочин, kuz, мадина аъзам, fotoрепортаж, шоҳруҳ haydarov

газета.uz, евгений сорочин, kuz, мадина аъзам, fotoрепортаж, шоҳруҳ haydarov

“Kuz yilning salqin davri bo‘lsa-da, kuzimizning turli xil ranglari meni doimo isitib kelgan. Mening hayotimdagi kuz juda ko‘p muhim voqealarga boy, bu voqealarning har biri quyoshning iliqligi va nuri bilan chambarchas bog‘liq, men ularning barchasini sanab o‘tolmayman, chunki fikrlarimni so‘zlar orqali ifoda etishga qizg‘anchiqroqman. Menga hislarim va o‘ylarimni fotosuratlar orqali yetkazish ko‘proq yoqadi. Detallarga ko‘proq e’tibor bering, dunyoga umumiy ko‘z bilan qaramang, har joyda tasavvurga sig‘dirish qiyin bo‘lgan jihatlar bor”, — deydi Yevgeniy Sorochin.

газета.uz, евгений сорочин, kuz, мадина аъзам, fotoрепортаж, шоҳруҳ haydarov

газета.uz, евгений сорочин, kuz, мадина аъзам, fotoрепортаж, шоҳруҳ haydarov

газета.uz, евгений сорочин, kuz, мадина аъзам, fotoрепортаж, шоҳруҳ haydarov

газета.uz, евгений сорочин, kuz, мадина аъзам, fotoрепортаж, шоҳруҳ haydarov

газета.uz, евгений сорочин, kuz, мадина аъзам, fotoрепортаж, шоҳруҳ haydarov

Suratlar haqidagi shaxsiy fikrlaringizni izohda yozib qoldiring.