O‘zbekistonda oktabr oyida sifatsizligi aniqlangan 6 mln 105 ming litr benzinning sotuvga chiqarilishini oldi olindi, deya xabar qildi Energetika vazirligi.

Qayd etilishicha, vazirlik huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya"ning nazorat-kimyo laboratoriyalari tomonidan neft mahsulotlari bo‘yicha olib borilgan sifat nazorati tadbirlari davomida 91 holatda ayrim AYOQSHlarda 6 mln 105 ming litr neft mahsulotlarining sifatsizligi aniqlanib, sotuvga chiqarilishining oldi olindi.

“Inspeksiya tomonidan aniqlangan kamchiliklar tezda bartaraf etilishi bo‘yicha mas’ullarga ko‘rsamalar berilib, ularning bajarilishi nazoratga olindi”, — deyiladi xabarda.

Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.

Avvalroq, to‘qqiz oy davomida “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan O‘zbekistondagi xususiy yonilg‘i quyish shoxobchalarida o‘tkazilgan tekshiruvlar davomida 9,15 mln litr sifatsiz benzin sotilishining oldi olingandi.