2023-yil oktabr oyida O‘zbekistonda so‘nggi besh yil ichida inflyatsiya rekord darajada past, ya’ni 1,04 foizni tashkil etdi. Bu haqda prezident huzuridagi Statistika agentligi hisobotida aytiladi.

Bu kamida oxirgi 7 yildagi eng past darajadir (2016-yil oktabr — 1,4 foiz, 2017-yil — 1,2 foiz, 2018-yil — 1,3 foiz, 2019-yil — 1,54 foiz, 2020-yil — 1,44 foiz, 2021-yil — 1,31 foiz, 2022-yilda 1,24 foiz).

inflyatsiya, statistika agentligi

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan oyda oziq-ovqat mahsulotlari o‘rtacha 1,3 foizga (sentabrda — 1,8 foiz), nooziq-ovqat mahsulotlari — 1 foizga (1 foiz), xizmatlar esa 0,7 foizga (0,6 foizga) qimmatlashgan.

Yil boshidan (yanvar-oktabr) inflyatsiya 6,23 foizgacha o‘sdi (kamida besh yildagi eng past ko‘rsatkich), yillik inflyatsiya (o‘tgan yilning oktabr oyiga kelib) sekinlashdi va 8,98 foizgacha pasaydi (sentabrda — 9,19 foiz).

Yil davomida oziq-ovqat mahsulotlari o‘rtacha 10,9 foizga (bu oxirgi besh yildagi minimal ko‘rsatkich, o‘tgan yili 15,9 foizni tashkil etgan), nooziq-ovqat mahsulotlari 7,7 foizga (shu vaqtgacha minimal ko‘rsatkich — 10,7 foiz bo‘lgan), xizmatlar — 7,5 foizga (7,5 foizga) qimmatlashdi.

Alohida mahsulotlar bo‘yicha oktabr oyida tuxum narxi keskin o‘sishda davom etdi — 10,5 foizga (yillik hisobda — 22,5 foizga), sut — 1,1 foizga (17,7 foiz), mol go‘shti — 1,1 foizga (11,9 foiz), qo‘y go‘shti — 0,9 foizga (11,6 foiz) oshdi.

Qozog‘istonda eksport to‘xtatilgani haqidagi xabarlar ortidan sentabr oyida 15,7 foizga keskin qimmatlashgan un oktabr oyida 1,6 foizga arzonlashdi.

Guruch va guruch oqshog‘i 0,5 foizga arzonlashdi (lekin yil davomida narx 43,8 foizga oshdi), kungaboqar yog‘i 0,8 foizga (-19,5 foiz), shakar 0,2 foizga (+3,1 foiz) arzonlashdi.

inflyatsiya, statistika agentligi

Sabzavot va mevalar orasida o‘tgan oyda pomidor — 77 foiz, baqlajon — 42,8 foiz, bodring — 25,8 foiz, bulg‘or qalampiri — 25,8 foiz, banan — 12,1 foiz, uzum — 11,5 foiz, olma — 7 foizga qimmatlashgan.

Yillik hisobda limon narxi qariyb ikki baravarga, anor 67,7 foizga, karam 60,5 foizga, uzum 42,9 foizga, sabzi 33,3 foizga oshgan.

Alkogolli ichimliklar narxi 1,1 foizga (yil davomida 10,5 foizga), tamaki mahsulotlari 0,4 foizga (+12,6 foizga) oshdi.

inflyatsiya, statistika agentligi

oktabr oyida suv ta’minoti va turarjoy binolarini saqlash bilan bog‘liq boshqa xizmatlar narxlari 3,9 foizga oshdi. 1-oktabrdan elektr energiyasi, gaz va boshqa yoqilg‘i turlari narxlari oshganiga qaramay, bu rasmiy statistikada (0 foiz) o‘z aksini topmadi.

Energiya narxlarining o‘sishi fonida yo‘lovchi transporti xizmatlari (2,7 foiz) va yuklarni tashish (2,6 foiz) narxlari oshdi. Shaxsiy avtomobillar 4,9 foizga qimmatlashdi.

oktabr oyida, avvalgi oylarda bo‘lgani kabi, benzin narxi o‘sdi — mamlakat bo‘ylab o‘rtacha 4,1 foiz (sentabrda — 2,3 foiz, avgustda — 4,2 foiz, iyulda — 2 foiz). Propan narxi 3,6 foizga (sentabrda — 2,4 foiz), metan — 12,6 foizga (2,9 foiz) oshdi.\

O‘tgan oyda barcha hududlarda umumiy ovqatlanish xizmatlari narxi o‘rtacha 0,5 foizga oshib, 3,9 foizni tashkil etdi.

“Termometr buzilganga o‘xshaydi”

Iqtisodchi Mirkomil Xolboyevning aytishicha, bir necha kun oldin yil so‘ngiga borib yillik inflyatsiya Markaziy bank target ko‘rsatkichining yuqori chegarasi yoki undan biroz yuqori shakllanishi mumkinligini taxmin qildi.

“Lekin rasmiy raqamlardan ko‘rmoqdamizki, joriy yilda inflyatsiya ustidan qanday qilib „g‘alabaga“ erishishni yaxshi o‘zlashtiribmiz. Ya’ni oktabr oyida narxlar darajasining bu darajada sekin o‘sganligining e’lon qilinishi xayolimga ham kelmagandi. oktabr oyidagi raqamlardan xulosa qilish qiyin emaski, yilning so‘nggi ikki oyida ham rasmiy inflyatsiya o‘tgan yilgi ko‘rsatkichlardan katta og‘ishga uchramaydi hatto ozroq past shakllansa ham endi ajablanmayman”, — dedi u.

Iqtisodchi yillik inflyatsiya yil oxirida 8,7−9,2 foiz oralig‘ida bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda. “iqtisodiyotimizning haroratini ko‘rsatadigan termometrimiz allaqachon buzilib bo‘lgan, — deydi Xolboyev.