O‘zbekistonning Shvetsiyadagi birinchi elchisi Nodir G‘aniyev Stokgolmda o‘z faoliyatini boshladi, deya xabar bermoqda “Dunyo” axborot agentligi. U avval O‘zbekistonning Shvetsiyadagi muvaqqat ishlar vakili bo‘lgan.
O‘zbekistonning Stokgolmdagi diplomatik vakolatxonasi 2022-yilda ochilgan va mamlakatning xorijdagi 36-elchixonasiga aylangan.
Nodir G‘aniyev 52 yoshda. Toshkent Davlat universitetining filologiya va sharqshunoslik fakultetini tamomlagan. 1994-yildan buyon Tashqi ishlar vazirligi tizimida ishlab, markaziy apparatda va mamlakatning xorijdagi diplomatik vakolatxonalarida turli lavozimlarda ishlab kelgan.
Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.
Shvetsiyaga tayinlanishidan oldin u TIVning Yevropa davlatlari va Yevropa Ittifoqi institutlari bilan hamkorlik boshqarmasi rahbari lavozimida ishlagan.