Abat Fayzullayev O‘zbekistonning Italiyadagi yangi elchisi etib tayinlandi, deb xabar bermoqda “Dunyo” axborot agentligi.

Abat Fayzullayev Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida bakalavr va magistraturada (2000−2007-yillarda) tahsil olgan. 2009-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining sirtqi bo‘limini xalqaro iqtisodiy munosabatlar mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

Tashqi ishlar vazirligida va O‘zbekistonning AQShdagi elchixonasida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan. Tayinlovga qadar u 2020-yildan boshlab O‘zbekistonning Avstriyadagi va o‘rindoshlik asosida Vengriyadagi elchisi sifatida ishlab kelayotgandi.

U, shuningdek, ayni paytda O‘zbekistonning Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti hamda BMTning Vena shahridagi tashkilotlari huzuridagi doimiy vakili hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, Abat Fayzullayev 2018-yil avgust oyidan buyon Italiyaga elchi bo‘lib kelgan Otabek Akbarovning o‘rnini egalladi.