Aholi tomonidan sezilgan inflyatsiya darajasi olti oylik pasayishidan keyin avgust oyida keskin oshdi. O‘tgan oyda u 1,7 foiz punktga oshib, 14,5 foizga yetdi, deya xabar berdi Markaziy bank.

inflyatsiya, марказий bank, sezilgan inflyatsiya

Oxirgi marta bu ko‘rsatkich yanvar oyida — anomal sovuqlar fonida oshgandi. O‘shanda aholi inflyatsiya darajasini 19,5 foiz deb baholagandi.

Avgust oyida yillik hisobda 8,96 foizni tashkil etgan rasmiy inflyatsiya bilan oradagi farq 5,5 foizga yetdi (iyulda bu farq 3,8 foiz edi).

Respondentlarning aksariyati (taxminan 32 foiz) narxlar 9−12 foiz va 17−20 foizga oshganini sezgan, ularning soni iyul oyiga nisbatan oshdi. Inflyatsiya 13−16 foiz, 21−25 foiz va 31 foiz va undan yuqori deb baholagan respondentlar soni ham oshgan.

inflyatsiya, марказий bank, sezilgan inflyatsiya

Hududlar kesimida o‘tgan oyda sezilgan inflyatsiya darajasi Toshkent shahrida (16,4 foiz, iyunda 17 foiz edi), Sirdaryo viloyatida (16,2 foiz, iyunda 13,5 foiz edi), Toshkent viloyatida (15,6 foiz, iyunda 13,3 foiz edi) eng yuqori bo‘ldi. Narxlarning eng kam o‘sishi Namangan (13 foiz, iyunda 13,1 foiz edi), Xorazm (13,1 foiz, iyunda 12,6 foiz edi) va Qashqadaryo viloyatlarida (13,3 foiz, iyunda 12,8 foiz edi) sezildi.

Respondentlarning aksariyati go‘sht va sut (45 foizi, iyun oyida shakar va qandolat mahsulotlari birinchi o‘rinda edi), benzin va yoqilg‘i (40 foizi), qurilish materiallari (33 foiz), poyabzal va kiyim-kechak (29 foiz), meva va sabzavotlar (25 foiz) narxlarining yuqori darajada o‘sishini his qilgan.

inflyatsiya, марказий bank, sezilgan inflyatsiya

Aholining deyarli barcha guruhlari (daromadlari 1 million so‘mdan kam bo‘lganlardan tortib 15 million so‘mgacha bo‘lganlargacha) hamma narsadan ko‘ra ko‘proq go‘sht va sut, benzin va yoqilg‘i, shuningdek, qurilish materiallari narxlarining oshishini his qildi.

Eng boy uy xo‘jaliklari (15 million so‘m va undan yuqori daromadli) kafe va restoranlar xizmatlari (51 foizga), shuningdek, benzin va yoqilg‘i (49 foiz) narxlarining oshganini qayd etgan.

inflyatsiya, марказий bank, sezilgan inflyatsiya

Ma’lumot o‘rnida, rasmiy e’lon qilinadigan inflyatsiya darajasi ko‘p sonli uy xo‘jaliklarining talabi asosida shakllangan iste’mol narxlari indeksi savatidagi barcha tovar va xizmatlar umumiy narxlari darajasidagi o‘zgarishlarni aks ettiradi.

Shaxsiy (sezilgan) inflyatsiya jismoniy shaxs yoki oilaning kundalik hayotida iste’mol qilinadigan tovarlar va xizmatlar narxlarining o‘zgarishi asosida shakllanadi. Agar muntazam ravishda sotib olinadigan mahsulot narxi oshib borsa, u kamdan-kam hollarda sotib olinadigan mahsulot narxining oshishiga qaraganda ko‘proq narx oshishi hissini uyg‘otadi.