5−10-sentabr kunlari Italiyada o‘tgan Butunjahon sport o‘yinlarida qo‘l jangi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi jami 8 ta medal bilan umumjamoa hisobida 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Qo‘l jangi federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Butunjahon sport o‘yinlarida jami 30 ta sport turidan 6000 ga yaqin sportchilar ishtirok etdi. Musobaqada qo‘l jangi sport turi bo‘yicha o‘nta vazn toifasidan oltitasida O‘zbekiston terma jamoasi sportchilari oltin medalni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, yarim kontakt yo‘nalishida ham 1 ta oltin, 1 ta kumush medal jamg‘arildi.

Oltin medallarni qo‘lga kiritgan ayol sportchilar:

  • 55 kg vaznda Normatova Guljaxon (MG)
  • 65 kg vaznda Polvonova Nilufar (Samarqand)
  • +70 kg vaznda Jumanova Ug‘iloy (IIV)

Oltin medalni qo‘lga kiritgan erkak sportchilar:

  • 65 kg vaznda Sattorov Xusniddin (MG)
  • 75 kg vaznda Yuldoshev Daler (MV)
  • 80 kg vaznda Solijonov Jasur (IIV)

Shuningdek, yarim kontakt yo‘nalishida Sodirjon Mahmudov oltin medal, Nurillo Ibroximov esa kumush medal sohibiga aylandi.