7−10-sentabr kunlari Livanning Bayrut shahrida o‘tgan para-taekvondo bo‘yicha Osiyo ochiq chempionatida o‘zbekistonliklar 11 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Yoshlar siyosati va sport vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ushbu natija bilan O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida 22 davlat orasida 2-o‘rinni egalladi. Eron birinchilikni qo‘lga kiritdi, kuchli uchlikdan Xitoy Taypeyi (erkaklar) va Qozog‘iston (ayollar) terma jamoasi joy oldi.

Terma jamoa murabbiyi Bobur Qo‘ziyev esa o‘tgan yilgidek musobaqaning eng yaxshi murabbiyi sifatida e’tirof etildi va maxsus kubok bilan taqdirlandi.

Oltin medal:

  1. Javohir Aliqulov (-70 kg)
  2. Asad Toshtemirov (-80 kg)
  3. Guljanoy Naimova (+65 kg)

Kumush medal:

  1. Qudrat Xaydarov (-63 kg)
  2. Asad Anvarov (+ 80kg)
  3. Kamola Jurayeva (-57 kg)

Bronza medal:

  1. Kudratillo Sunnatov (-58kg)
  2. Zuxriddin Toxirov (-63 kg)
  3. Asil Husanov (-70 kg)
  4. Qudrat Muhammadiyev (-80 kg)
  5. Ziyoda Isoqova (-47 kg).