1-sentabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Muhammad Yusuf bolajonlari” bog‘chasida tarbiyachi bolalarni kaltaklagani aks etgan video tarqaldi.

Videoda tarbiyachi ayol 2 nafar o‘g‘il bolaning yuzi, boshi va qo‘llariga tarsaki tushirgani, boshqa qizlardan esa chiroyli o‘yinga tushishni so‘raganini ko‘rish mumkin.

Aniqlanishicha, holat Andijon viloyati Marhamat tumanidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida ro‘y bergan.

Ushbu holatga yo‘l qo‘ygan ta’lim tashkiloti tarbiyachisi egallab turgan lavozimidan ozod etildi, deyiladi viloyat Maktabgacha ta’lim boshqarmasi xabarida.

Qayd etilishicha, “ta’lim tizimi imijiga salbiy ta’sir o‘tkazuvchi holatni yuzaga keltirgani uchun” bog‘cha rahbariyatiga belgilangan tartibda intizomiy chora qo‘llangan.

Avvalroq Toshkent viloyatida bolalarni poyabzal bilan urgan, Samarqandda esa bolalarga igna tiqib kelgan bog‘cha tarbiyachisi ishdan olingandi.