Seshanba kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Respublika bolalar kutubxonasini rekonstruksiyadan so‘ng ochib berdi. U poytaxtning qoq markazida, turarjoy massivida joylashgan. So‘nggi haftalarda binoda va uning oldida tunu-kun ish qizg‘in davom etdi — ta’mirlash ishlari yakunlandi, daraxt va butalar o‘tqazildi, o‘rindiqlar hamda chiqindi idishlari o‘rnatildi.

республика bolalar kutubxonaси, harакат xavfsizligi

Prezident kelishidan bir necha kun avval shahar va tuman hokimiyati kutubxona oldidagi ko‘cha va yaqin atrofdagi uylarni obodonlashtirishga kirishdi. Bu yerda amaldorlar va obodonlashtirish xizmati xodimlarining butun armiyasini ko‘rish mumkin edi. Yillar davomida quruq yer bo‘lgan joyda maysazorlar va butalar paydo bo‘ldi. Fasadlar oqlandi, daraxtlar tekislandi, yo‘laklar ta’mirlandi, joylarda asfalt yotqizildi, yangi belgilar chizildi.

Kutubxona qarshisidagi ikki martaga kengaytirilgan yo‘lak. Yon tomonlariga yangi o‘simliklar ekilgan.Kutubxona qarshisidagi ikki martaga kengaytirilgan yo‘lak. Yon tomonlariga yangi o‘simliklar ekilgan.

Bir kechada paydo bo‘lgan maysazor. Shahrisabz ko‘chasi. Aholi uning “yashab ketishiga” umid qilmoqda.Bir kechada paydo bo‘lgan maysazor. Shahrisabz ko‘chasi. Aholi uning “yashab ketishiga” umid qilmoqda.

Hudud ko‘kalamzorlashib, tunda yorug‘roq, sayr qilish uchun qulayroq bo‘ldi. Ammo kutubxona yaqinidagi chorraha xavfliligicha qolmoqda. Yuqorida tilga olingan amaldorlar va obodonlashtirish xodimlari armiyasining hech biri chorraha nimasi bilan xavfli ekanligini payqamadi ham.

“Gazeta.uz” kutubxonani rekonstruksiya qilish jarayonida ham loyiha homiyligida amalga oshirilayotgan Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasiga bolalarning kutubxonaga bemalol tashrif buyurishi uchun ko‘cha va chorrahalarning dizaynini qayta ko‘rib chiqish taklifi bilan murojaat qilgan edi. Jamg‘arma ko‘chalarga hokimlik javobgar, deb javob berdi.

Bungacha aholi turli yillarda tuman va shahar hokimliklari, ichki ishlar bo‘limi, shahar YHXX va YHXBga chorrahani tartibga solish so‘rovi bilan murojaat qilgan, biroq mutasaddilar faqat vaqti-vaqti bilan belgilarni yangilash bilan cheklanishgan. Svetofor o‘rnatish so‘ralganda, buning uchun transport oqimi yetarli emasligi aytiladi. Aylanma yo‘lni tashkil qilish taklifiga bir marta javob berildi: “Uzun tirkamali yuk mashinasi qanday o‘tadi?”

Faqat o‘tgan yilning o‘zida aholi “Xalq Nazorati” xizmati orqali to‘rtta piyodalar o‘tish joyining barchasida belgilar o‘rnatishga erishdi. Noto‘g‘ri dizayn va YHXXning mutlaqo befarqligi tufayli bu yerda haydovchilar Yo‘l harakati qoidalarini doimiy ravishda buzadi.

Chorrahaga tashrif buyurgan aksariyat davlat idoralari vakillari chorrahada nima noto‘g‘riligini tushunishmadi va bunga qo‘l siltab qo‘yishdi. “Gazeta.uz” buni aniq ko‘rsatishga qaror qildi.

Ko‘chalar va chorrahalarda nima ko‘ngildagidek emas?

республика bolalar kutubxonaси, harакат xavfsizligi

Piyodalar o‘tish joyining haddan tashqari uzunligi — zarur bo‘lganidan kamida uch barobar uzunroq. Avtomobillarning erkin o‘tishi uchun har bir yo‘nalishda bitta bo‘lak yetarli. Biroq, chorrahaning oldidagi bir vaqtlar o‘ylanmay kengaytirilgan yo‘l tufayli, ko‘p yillar davomida mas’ullar oddiygina “zebra”ni to‘liq uzunlikda chizishadi. Darvoqe, shahardagi chorrahalar oldida bunday kengaytmalar juda ko‘p.

республика bolalar kutubxonaси, harакат xavfsizligi

Piyodalar yo‘lagini “olib tashlash” o‘rniga “ko‘rinish uchburchagi”ni yaratish va piyodalar o‘tish yo‘lagining uzunligini qisqartirish mumkin. Xavfsizlik orolchalari — piyodalar, ayniqsa bolalar xavfsizligini oshiradi.

республика bolalar kutubxonaси, harакат xavfsizligi

Shunday qilib, keng transportlar qatnov qismi piyodaga tegishli bo‘lgan yo‘lakkacha “sirpanib” chiqib ketmoqda. Xavfsiz muhit o‘rniga doimiy zo‘riqish va hushyorlikni talab qiladigan muhit mavjud. Piyodalar o‘tish yo‘lagi belgisini esa yo‘lakdan oldinga ko‘chirishga dangasalik qilingan.

республика bolalar kutubxonaси, harакат xavfsizligi

Ehtimol, haydovchilar “„Ko‘zi ojiz piyodalar“ belgisi o‘rnatilgan o‘tish joyi oldida „parkovka“ uchun shunday qulay hudud yaratilgan bo‘lsayu, nega mashinani bu yerga qo‘ymaslik kerak?”, — deb o‘ylasalar kerak.

республика bolalar kutubxonaси, harакат xavfsizligi

республика bolalar kutubxonaси, harакат xavfsizligi

To‘rtta o‘tish joyining har biri oldida va o‘tish joylarining o‘zida — har qanday qulay usulda mashinani joylashtirish mumkin. “Bibigon” kafesi ro‘parasida, to‘g‘ridan-to‘g‘ri chorrahaning o‘zida bir nechta mashinalar uchun to‘xtash joyi tashkil etilgan. Piyodalar o‘tish joyi belgisi va yo‘lak nima uchun turibdi? Haydovchilarga buni farqi yo‘q!

республика bolalar kutubxonaси, harакат xavfsizligi

республика bolalar kutubxonaси, harакат xavfsizligi

“Qanday qilib ko‘chani har bir yo‘nalishda bir qatorgacha toraytirish mumkin? Ahir, haydovchilar sekinlashishi kerak bo‘ladi-ku. Uzun yuk transportlari qanday o‘tadi? Undan ko‘ra birinchi qator mashinalar bilan to‘la qolsin”.

республика bolalar kutubxonaси, harакат xavfsizligi

Yo‘nalishlarni ajratib turuvchi yo‘l chizig‘iga amal qilishga imkon qoldirmaslik kimni ham pinagini buzardi? U yo‘lning o‘rtasida bo‘laversin. Yuzaga kelayotgan vaziyatni o‘rganish kimga kerak? Undan tashqari, turargohlarni chizib chiqish va avtomobillar to‘g‘ri qo‘yilishini nazorat qilishning nima keragi bor?

республика bolalar kutubxonaси, harакат xavfsizligi

Tezlikni cheklash belgisi faqat bir tomonda paydo bo‘ldi. Ko‘chaning kengligi har bir yo‘nalishda amalda uchta bo‘lak bo‘lgan joyda bu belgining turishi hech qanday ma’noga ega emas.

республика bolalar kutubxonaси, harакат xavfsizligi

“O‘zbekiston ovozi” ko‘chasi yaqinda ta’mirlanganidan so‘ng birinchi qatorga mashinalar sig‘may qoldi, biroq o‘nlab yillar davomida ayni shu joyga ikki qator avtomobillar bemalol sig‘ardi. Haydovchilar uzluksiz chiziqni kesib o‘tishga va shu tariqa qarama-qarshi yo‘lga chiqib ketib, harakatlanishga majbur bo‘lishmoqda. Aholining turli organlarga murojaatlari yordam bermayapti. YHXX hamma narsa standartlarga muvofiq amalga oshirilganiga ishontirmoqda. Kutubxona ochilishidan oldin chiziqlar shunchaki yangilanib, muammolar esa avvalgidek qarovsiz qoldirildi.

Nima qilish kerak?

Bolalar kutubxonasidagi chorrahaning xavfsizligini yaxshilash va ulkan asfaltli maydon muammosini hal qilish uchun yaxshi yechim aylanma yo‘lni tashkil etish bo‘lishi mumkin. Aylanmalar svetoforsiz kichik ko‘chalar chorrahasini tashkil qilishning eng xavfsiz usuli hisoblanadi va bu ko‘plab mamlakatlarda keng tarqalgan.

Va bunday xavfsiz chorrahani vaqti-vaqti bilan o‘zlari bilmagan holda kommunal xizmatlar xodimlari ta’mirlash ishlari paytida hosil qilishgan.

республика bolalar kutubxonaси, harакат xavfsizligi

“Gazeta.uz” 2018-yilda ushbu chorraha haqida yozgan va avtomobillar bir-biridan hurmat bilan o‘tib, undan xotirjam o‘tayotgani aks etgan videoni e’lon qilgandi.

Mirzo Ulug‘bek tuman hokimligida chorrahani rekonstruksiya qilish loyihasi taklif qilinsa, o‘rganib chiqishga tayyor ekanligini qayd etishdi.

Ko‘chalar qanchalik xavfsiz bo‘lishini ko‘rish uchun avtomobillarni tinchlantirishning jahon darajasidagi usullari qo‘llanilgan Tashkent City`ga tashrif buyurishingiz mumkin.

Ko‘chalar maxsus avtomobillar hamrohligida yuradigan avtomobillar, kortejlar va delegatsiyalar uchun qurilmasligi kerak. Ular barcha yo‘l foydalanuvchilari, ayniqsa piyodalar uchun kunning istalgan vaqtida va yo‘l harakati xavfsizligi xodimlarining mavjudligidan qat’iy nazar xavfsiz bo‘lishi shart.