O‘zbekistonlik Olimpiada chempioni Bahodir Jalolov (13−0-0, 13 KO) professional boksdagi 13-g‘alabasini qo‘lga kiritdi. U avvalgi barcha janglarini muddatidan oldin yakunlagan.

Foto: Top Rank.Foto: Top Rank.

26-avgust kuni AQShda o‘zbekistonlik sportchi Amerikaning Top Rank promouterlik kompaniyasi bilan tuzilgan shartnoma bo‘yicha o‘zining ilk jangini o‘tkazdi. Uning raqibi nigeriyalik 35 yoshli bokschi Onoriyede Evarieme (20−3-0, 19 KO) bo‘ldi.

29 yoshli Jalolov chap tomondan bergan birinchi zarbasi bilan raqibini nokautga uchratdi. So‘ngra Evarieme birinchi raunddayoq yana ikki marta nokdaunga uchradi va hakam jangni to‘xtatishga qaror qildi.

Foto: Top Rank.Foto: Top Rank. Surxondaryolik sportchi 13 ta jangning barchasini muddatidan avval g‘alaba bilan yakunlagan. U professional ringdagi avvalgi jangini o‘tgan yilning noyabr oyida o‘tkazgan bo‘lsa, joriy yilning may oyida u ikkinchi marta havaskor boks bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi.

Evarieme 2008-yilgi Olimpiadada Nigeriya terma jamoasi bilan ishtirok etgan va 2010-yilda professional o‘yinni boshlagan. 2021-yilda u 26-avgust kuni AQShdagi ushbu boks oqshomining boshqa ishtirokchisi Jan Kosobutskiydan faoliyatidagi ikkinchi mag‘lubiyatga uchradi, ammo so‘ngra AQShda ikkita barvaq g‘alabaga erishdi.

Jang videosi

Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.