O‘zgidromet xizmati agentligi kuz oylari uchun meteorologik prognozini e’lon qildi.

sentabr

Ushbu oyda O‘zbekistonda o‘rtacha oylik havo harorati respublika bo‘yicha me’yor atrofida, ba’zi joylarda me’yordan 1−1,5 darajaga yuqori bo‘lib, +18…+25 darajani tashkil etadi.

kuz, об-ҳав, ўзгидромет
O‘rtacha oylik harorat anomaliyasi va uning o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlari prognozi

Oyning birinchi yarmida harorat asosan kechalari +13…+18 daraja, kunduz kunlari +33…+38 daraja bo‘ladi. Ikkinchi yarmida harorat kechalari +13…+18 darajadan +8…+13 darajagacha, kunduz kunlari +30…+35 darajadan +23…+28 darajagacha o‘zgarib turadi.

Oylik yog‘ingarchilik miqdori me’yordan kam, ba’zi joylarda me’yor atrofida bo‘lishi kutilmoqda (me’yor 3−8 mm, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida 0,0−2 mm, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda 9−28 mm gacha).

kuz, об-ҳав, ўзгидромет
Oylik yog‘ingarchilik miqdori anomaliyasi va oy uchun yog‘ingarchilik me’yori prognozi

Ikkinchi va uchinchi o‘n kunliklarning ayrim kunlari biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin, janubda esa yomg‘ir yog‘ish ehtimoli kam.

oktabr

Bu oyda o‘rtacha oylik havo harorati respublika bo‘yicha me’yor atrofida bo‘lib, +10…+12 darajani, janubda +16…+18 darajagachani tashkil etadi.

kuz, об-ҳав, ўзгидромет
O‘rtacha oylik harorat anomaliyasi va uning o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlari prognozi

Oy davomida harorat kechalari +10…+15 daraja iliqdan +3…+8 daraja iliqqacha o‘zgarib turadi, oy oxirida 0…-2 darajagacha sovuq bo‘lishi mumkin, kunduz kunlari +23…+28 daraja iliqdan +13…+18 daraja iliqqacha o‘zgarib turadi. Shimolda, oy davomida havo harorati kechalari +8…+13 daraja iliqdan +1…+6 daraja iliqqacha o‘zgarib turadi, 0…-3 daraja sovuqqacha bo‘lishi mumkin, kunduz kunlari
+12…+17 daraja iliqdan +20…+25 daraja iliqgacha o‘zgarib turadi.

Oylik yog‘ingarchilik miqdori me’yor atrofida, ba’zi joylarda me’yordan ko‘p, shimolda va janubda ba’zi joylarda me’yordan kam (me’yor 12−26 mm, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida 3−11 mm, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda 27−70 mm gacha).

kuz, об-ҳав, ўзгидромет
Oylik yog‘ingarchilik miqdori anomaliyasi va oy uchun yog‘ingarchilik me’yori prognozi

Oyning ikkinchi va uchinchi o‘n kunliklarida asosan yomg‘ir ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘lishi kutilmoqda.

Noyabr

Mazkur oyda o‘rtacha oylik havo harorati o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlarga yaqin bo‘lib, +2…+8 daraja iliqni, janubda +10 darajagacha iliqni tashkil etadi.

kuz, об-ҳав, ўзгидромет
O‘rtacha oylik harorat anomaliyasi va uning o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlari prognozi

O‘zbekiston hududining katta qismida yog‘ingarchilik me’yorga yaqin bo‘lishi prognoz qilinmoqda, faqat respublikaning janubi-g‘arbida biroz ehtimollik bilan yog‘ingarchilik taqchilligi bo‘lishi kutilmoqda.

Noyabr oyida yog‘ingarchilik me’yori 37−48 mm, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Surxondaryo viloyatlarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarining ayrim joylarida 8−36 mm, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda 65−113 mm gacha bo‘ladi.

kuz, об-ҳав, ўзгидромет
Oylik yog‘ingarchilik miqdori anomaliyasi va oy uchun yog‘ingarchilik