Iyun oyidagi keskin pasayishdan so‘ng iyul oyida avtomobil bozorida sotuvlar 17 foizga oshdi. Bu haqda avtomobil bozori bo‘yicha Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi sharhida ma’lumot berilgan.

Iyulda avtotransport vositalari savdosi 144,5 mingtaga yetdi va o‘tgan yilning iyul oyiga nisbatan savdo o‘sishi 40 foizni tashkil etdi.

Iyul oyida sotilgan yengil avtomobillarning umumiy soni 20 foizga o‘sib, 132 mingdan oshdi. Eng sezilarli o‘sish Buxoro (36 foiz), Sirdaryo (35 foiz) va Surxondaryo viloyatlarida (31 foiz) qayd etilgan. O‘tgan yilning iyul oyiga nisbatan yengil avtomobillari savdosi 39 foizga oshdi.
avtomobillar bozori, иқтисодий tadqiqotlar va islohotlar markazi, elektromobillar

Oy davomida birlamchi bozorda yangi yengil avtomobillar savdosi 19,2 foizga oshdi. O‘tgan yilga nisbatan o‘sish 64,5 foizni tashkil etdi. Shuningdek, mahalliy ishlab chiqarilgan yangi yengil avtomobillar sotuvi sezilarli darajada oshdi va 29,6 mingta avtomobil sotildi (iyun oyiga nisbatan 24 foizga va o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 59,3 foizga ko‘p).

avtomobillar bozori, иқтисодий tadqiqotlar va islohotlar markazi, elektromobillar

Import avtomobillardan 4,9 mingta sotilgan va bu 2022-yil iyul oyidagi ko‘rsatkichdan 2,7 baravar yuqori hisoblanadi.

Ikkilamchi bozorda sotuvlar oy davomida 97,6 mingtani tashkil etdi va bu bir oy oldingiga nisbatan 17,6 foizga ko‘p, shu bilan birga, o‘tgan yilning iyul oyiga nisbatan 30 foizlik sezilarli o‘sish hisoblanadi.

Elektromobillar

avtomobillar bozori, иқтисодий tadqiqotlar va islohotlar markazi, elektromobillar

Oy davomida yengil elektromobillar savdosi 28,9 foizga o‘sib, 2,7 mingta avtomobilni tashkil etdi. Eng ko‘p sotilgan elektromobillar Toshkent shahrida (1,9 mingta), Toshkent viloyatida (153 ta) va Xorazm viloyatida (117 ta) qayd etildi.

Elektromobillarning birlamchi bozori iyun oyiga nisbatan 37,5 foizga o‘sib, 2,3 mingtani tashkil etdi, bu 2022-yil iyul oyiga nisbatan 4,7 baravar ko‘p hisoblanadi. Ikkilamchi bozorda esa savdo pasaydi, oy davomida jami 318 dona elektromobil sotildi (-15,2 foiz). Lekin, 2022-yil iyul oyiga nisbatan 67 foizlik o‘sish kuzatilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2023-yilning birinchi yarmida O‘zbekistonga xorijdan qiymati 167 million dollarlik 5403 dona elektromobil olib kirilgandi. Bu o‘tgan yilning shu davridagi ko‘rsatkichdan 4,85 baravar, 2022-yildagi jami importdan esa 2,5 barobar ko‘p hisoblanadi. Qiymat jihatidan ko‘rsatkich ham deyarli bir xil o‘sgan.

Spot xabariga ko‘ra, iyun oyidagi import hajmi bilan yil boshidan beri beshinchi marta oylik maksimal ko‘rsatkich yangilangan. Iyunda 1587 ta elektromobil import qilindi, bu may oyiga nisbatan qariyb 25 foizga ko‘p.