Statistika agentligi 2023-yilning 1-iyul holatiga O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari bo‘yicha ma’lumot berdi.

Aholi soni 36,4 mln kishini tashkil etmoqda (2021-yilda bu raqam 34,9 mln, 2022-yilda 35,6 mln nafar bo‘lgan).

Ulardan ayollar — 18,1 mln, erkaklar esa 18,3 mln nafar. Shaharda yashovchilar 18,6 mln kishi bo‘lgan bir paytda qishloqlarda 17,8 mln aholi istiqomat qilmoqda.

Yilning ilk 6 oyida tug‘ilish 434,5 ming nafarni tashkil etgan.

O‘zbekistonda eng ko‘p aholi yashaydigan hudud — Samarqand viloyati (4 mln 159 ming kishi) hisoblanadi.

Keyingi o‘rinlarda Farg‘ona (4 mln 14 ming kishi), Qashqadaryo (3 mln 515 ming kishi), Andijon (3 mln 354 ming kishi) va Namangan (3 mln 28 ming kishi) viloyatlari turadi. Toshkent viloyatida 3 mln 19 ming, Toshkent shahrida esa 2 mln 999 ming, Surxondaryoda 2 mln 836 ming, Buxoroda 2 mln 24 ming doimiy aholi mavjud.

демография, aholi

Eng kam o‘zbekistonliklar yashaydigan hudud Sirdaryo viloyati bo‘lib, u yerda 904,9 ming kishi istiqomat qilmoqda. Keyingi o‘rinlarni Navoiy (1 mln 65 ming kishi), Jizzax (1 mln 491 ming kishi), Xorazm (1 mln 971 ming kishi) viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston (1 mln 987 ming kishi) egallagan.

демография, aholi

Aholisi eng zich hudud Toshkent shahri bo‘lib turibdi — 1 kvadrat kilometrda 6695,4 kishi. Bu ko‘rsatkich Andijonda 780, Farg‘onada 593,9, Namanganda esa 407 kishini tashkil etmoqda.

Shu bilan bir vaqtda Qoraqalpog‘istonda bu raqam 11,9 ni, Navoiyda esa 9,6 kishini tashkil etadi.

демография, aholi

Nikohlar soniga kelsak, 98,7 mingta holat qayd etilgan, nikohdan ajralishlar soni 25,4 mingta hisoblanadi.

7 oyda mamlakatga ko‘chib kelganlar 1,6 ming kishi bo‘lsa, ko‘chib ketganlar — 9 ming kishi.