Xabib Sirojitdinov Farg‘ona viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi, deya xabar bermoqda O‘zA.

Bungacha u Davlat aktivlarini boshqarish agentligi viloyat boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.

Eslatib o‘tamiz, iyul oyi oxirida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyatiga tashrifi chog‘ida viloyat hokimining avvalgi birinchi o‘rinbosari Avaz O‘rinboyev lavozimidan ozod etilganini ma’lum qilgan edi.

Shu bilan birga, viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i, Rishton viloyati hokimi va Marg‘ilon shahar hokimi ham lavozimidan ozod etildi. Viloyat hokimining yana ikki o‘rinbosari — qurilish ishlari bo‘yicha Xojiqo‘zijon Isoqov va investitsiyalar bo‘yicha Iqboljon Ergashev, shuningdek, uchta tuman — Bag‘dod, Quva va Buvayda tumanlari hokimlariga hayfsan e’lon qilindi.