O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov 17−18-iyul kunlari rasmiy tashrif bilan Tbilisida bo‘ldi. Uni Gruziya bosh vaziri Irakliy Garibashvili qabul qildi, deb xabar berdi Gruziya hukumati matbuot xizmati.

Rasmiy kutib olish marosimi Gruziya hukumati ma’muriyatida bo‘lib o‘tdi. Undan so‘ng tomonlarning yuzma-yuz va kengaytirilgan tarkibdagi uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.

абдuлла арипов, грuзия, ираклий гарибашвили

O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibidan transport vaziri Ilhom Maxkamov, qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri Botir Zokirov, “O‘zeltexsanoat” uyushmasi boshqaruvi raisi Mirziyod Yunusov, “O‘zkimyosanoat” kompaniyasi raisi Timur Muhamedjanov, O‘zbekistonning Ozarbayjondagi elchisi Ashraf Bahromov, Eriell Group neft-servis kompaniyasi raisi, Enter Engineering (O‘zbekistondagi eng yirik EPC pudratchilaridan biri), Ferkensco (agrokimyo korxonalari qurilishini boshqaruvchi investitsiya kompaniyasi), Air Samarkand va boshqa bir qator korxonalar aksiyadori Baxtiyor Fazilov o‘rin oldi.

Garibashvili Abdulla Aripovga “mamlakatlarimiz o‘rtasidagi muttasil rivojlanib borayotgan qardoshlik va do‘stona munosabatlarni yuksak qadrlashini hamda O‘zbekiston bosh vazirining bugungi tashrifi buning tasdig‘i” ekanini tasdiqladi.

абдuлла арипов, грuзия, ираклий гарибашвили

Shuningdek, u prezident Shavkat Mirziyoyevni saylovdagi g‘alabasi bilan tabriklab, O‘zbekiston va o‘zbek xalqiga muvaffaqiyatlar tiladi.

Abdulla Aripov Garibashviliga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, bugungi uchrashuv bir yil avval uning O‘zbekistonga rasmiy tashrifi chog‘ida boshlangan “mamlakatlar o‘rtasidagi muloqotni mantiqiy davom ettirayotganini” ta’kidladi.

Irakliy Garibashvili 2021−2022-yillarda o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi sezilarli darajada oshgani, mamlakat O‘zbekistonni muhim hamkor sifatida ko‘rishi, sarmoyalarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikdan manfaatdor ekani hamda Gruziyadagi o‘zbekistonlik investorlarni olqishlashini ta’kidladi.

Tomonlar, shuningdek, Gruziyaning tranzit salohiyati va O‘rta (Trans-Kaspiy) yo‘lagini rivojlantirishning ahamiyatini muhokama qildilar. Garibashvilining so‘zlariga ko‘ra, Gruziya O‘zbekiston bilan islohotlarni amalga oshirish bo‘yicha tajriba almashish bo‘yicha ham hamkorlik qilishga tayyor.

O‘zbekiston tomoni Gruziyaga elektrotexnika mahsulotlari, avtomobillar, tayyor to‘qimachilik mahsulotlari, quritilgan meva va sabzavotlar, polimer va kimyo mahsulotlari yetkazib berishga tayyorligini bildirdi.

абдuлла арипов, грuзия, ираклий гарибашвили

Kengaytirilgan tarkibdagi uchrashuvda Gruziya bosh vaziri o‘zbekistonlik hamkasbiga “Gruziyaning xalqaro tan olingan chegaralar doirasidagi suvereniteti va hududiy yaxlitligini, shuningdek, Gruziyaning bosib olingan hududlariga nisbatan tan olmaslik siyosatini qo‘llab-quvvatlagani” uchun minnatdorlik bildirdi.

So‘ngra Gruziya va O‘zbekiston bosh vazirlari mamlakatlar o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha 2023−2024-yillarga mo‘ljallangan Harakat dasturini imzoladi.

Mamlakat Savdo-sanoat palatalari o‘rtasida “Gruziya-O‘zbekiston” ishbilarmonlar kengashini tashkil etish to‘g‘risida bitim imzolandi.

абдuлла арипов, грuзия, ираклий гарибашвили

абдuлла арипов, грuзия, ираклий гарибашвили

Kechqurun Irakliy Garibashvili Abdulla Aripovni delegatsiya bilan rasmiy kechki ovqatda qabul qildi. Norasmiy sharoitda bosh vazirlar mamlakatlar o‘rtasidagi tarixiy va madaniy aloqalarni muhokama qildilar, deyiladi xabarda.

18-iyul kuni O‘zbekiston delegatsiyasi Batumi va Poti shaharlaridagi portlar faoliyati bilan tanishdi.