Rossiya prezidenti Vladimir Putin avgust oyida Janubiy Afrika Respublikasida bo‘lib o‘tadigan BRIKS sammitida ishtirok etmaydi. Bu haqda Janubiy Afrika prezidenti Siril Ramafos saytida xabar berildi.

“O‘zaro kelishuvga ko‘ra, sammitda Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin ishtirok etmaydi, biroq Rossiya Federatsiyasidan tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov vakil bo‘ladi”, — deyiladi xabarda.

JARga safari Putinning Gaagadagi Xalqaro jinoiy sudi (XJS) mart oyida ukrainalik bolalarni noqonuniy deportatsiya qilishda ayblanib, hibsga olish uchun order berganidan keyingi ilk rasmiy xorijiy tashrifi bo‘lishi mumkin edi.

JAR Rim statuti ishtirokchisi va Putin ushbu mamlakat hududiga kelsa, davlat rasmiylari order asosida hibsga olishga majbur qiluvchi XJT yurisdiksiyasini tan oladi.

So‘nggi bir necha oy ichida JAR Rossiya bilan Putinning sammitdagi ishtiroki formati bo‘yicha muzokaralar olib borishga harakat qilmoqda. Avvalroq mamlakat hukumati Moskvaga Rossiya delegatsiyasiga Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov boshchilik qilishni taklif qilgani, keyin esa rad etilgani ma’lum bo‘lgan edi.

“Biz Rim statuti bilan bog‘langanimizni tushunamiz, lekin biz kimnidir taklif qilib, keyin uni hibsga ololmaymiz”, deya tushuntirdi JAR vitse-prezidenti Pol Mashatile. U agar Putin kelmasa, JAR xursand bo‘lishini qo‘shib o‘tdi.

Iyun oyida Janubiy Afrika prezidenti ham XJSga murojaat qilib, mamlakatga Rossiya Federatsiyasi prezidenti kelgan taqdirda hibsga olinmaslikka ruxsat berishni so‘ragan edi, chunki hibsga olish urush e’lon qilish bilan teng bo‘lardi.

Rim statuti — Xalqaro jinoyat sudini ta’sis etgan xalqaro shartnoma. Sud genotsid, insoniyatga qarshi jinoyatlar, urush jinoyatlari va tajovuz jinoyatlari kabi jinoyatlar bo‘yicha yurisdiksiyaga ega. Shartnoma 123 davlat tomonidan ratifikatsiya qilingan. O‘zbekiston 2001-yil 28-iyunda Rim statutini imzolagan, biroq uni ratifikatsiya qilmagan.