«qo‘riqxona» tegli maqolalar


“Janubiy Ustyurt” va “Markaziy Qizilqum” milliy tabiat bog‘lariga ikkita yo‘ltanlamas topshirildi
30 yanvar 2024, 10:07

“Janubiy Ustyurt” va “Markaziy Qizilqum” milliy tabiat bog‘lariga ikkita yo‘ltanlamas topshirildi

Ekologiya vazirligi hamda BMT Taraqqiyot dasturining qo‘shma loyihasi doirasida Global ekologik fond mablag‘lari hisobidan “Janubiy Ustyurt” va “Markaziy Qizilqum” milliy tabiat bog‘lariga ikkita yo‘ltanlamas avtomobil xarid qilindi.

Davlat qo‘riqxonalari va o‘rmonlarda ekoturizm obyektlari tashkil etiladi
19 yanvar 2024, 12:25

Davlat qo‘riqxonalari va o‘rmonlarda ekoturizm obyektlari tashkil etiladi

Tadbirkorlarga ekoturizm obyektlarini qurish uchun davlat qo‘riqxonalari va o‘rmonlardan ijaraga yerlar beriladi. Hududda kemping, o‘tov, ekouy va hayvonlarni kuzatish imkonini beruvchi zonalar ochiladi. Ular haqida ma’lumot beruvchi “Tabiatga sayohat” elektron platformasi va mobil ilovasi ishga tushiriladi.

“Surxon” qo‘riqxonasida morxo‘rlar, jayra va tog‘ suvsari fotoqopqonga tushdi
11 iyul 2023, 20:20

“Surxon” qo‘riqxonasida morxo‘rlar, jayra va tog‘ suvsari fotoqopqonga tushdi

Ekologiya vazirligi “Surxon” qo‘riqxonasiga o‘rnatilgan fotoqopqonga tushgan morxo‘rlar, jayra va tog‘ suvsari tasvirlarini e’lon qildi. Ushbu hayvonlar Qizil kitobga kiritilgan.

Video: Chotqol qo‘riqxonasida fotoqopqonga tushgan Tyan-Shan qo‘ng‘ir ayig‘i
26 iyun 2023, 13:12

Video: Chotqol qo‘riqxonasida fotoqopqonga tushgan Tyan-Shan qo‘ng‘ir ayig‘i

Ekologiya vazirligi Chotqol davlat qo‘riqxonasidagi fotoqopqonga tushib qolgan Tyan-Shan qo‘ng‘ir ayig‘i tasvirini e’lon qildi. Ushbu tur Qizil kitobga kiritilgan.

Zomin qo‘riqxonasida bo‘ri, Zarafshon qo‘riqxonasida esa bug‘u bolalari dunyoga keldi
26 may 2023, 18:45

Zomin qo‘riqxonasida bo‘ri, Zarafshon qo‘riqxonasida esa bug‘u bolalari dunyoga keldi

Zomin qo‘riqxonasi xodimlari yovvoyi hayvonlarni bahorgi sanoqdan o‘tkazish jarayonida yangi tug‘ilgan uchta bo‘ri bolasini topishdi. Avvalroq Tabiat resurslari vazirligi Zarafshon qo‘riqxonasida ikkita bug‘u bolasi dunyoga kelganini xabar qilgan edi.

«19,5 mlrd so‘mga 5 ta davlat qo‘riqxonasining boshqaruv tizimi yaxshilanadi» — Tabiat resurslari vazirligi
6 yanvar 2023, 16:58

«19,5 mlrd so‘mga 5 ta davlat qo‘riqxonasining boshqaruv tizimi yaxshilanadi» — Tabiat resurslari vazirligi

2023 yilda Tabiat resurslari vazirligiga qarashli 5 ta qo‘riqxonaning boshqaruv tizimi yaxshilanadi. Bu ishlar uchun davlat budjetidan 19,5 mlrd so‘m ajratilmoqda. «Mazkur mablag‘ga fotoqopqonlar, dronlar, kameralar sotib olinadi, ilmiy salohiyat va laboratoriyalar kuchaytiriladi», — dedi vazirlik vakili.

Qoraqalpog‘istonda “Borsakelmas” davlat buyurtma qo‘riqxonasi tashkil etiladi
29 sentabr 2022, 09:20

Qoraqalpog‘istonda “Borsakelmas” davlat buyurtma qo‘riqxonasi tashkil etiladi

Hukumat qarori bilan Qo‘ng‘irot tumanida umumiy maydoni 280 ming gektar bo‘lgan “Borsakelmas” davlat buyurtma qo‘riqxonasi tashkil etiladi. Qo‘riqxona Davlat ekologiya qo‘mitasi tuzilmasiga kiradi.

Qo‘riqxonalardagi fotoqopqonlarga tushgan ayiq, to‘ng‘iz va shoqol tasvirlari e’lon qilindi
10 avgust 2022, 21:51

Qo‘riqxonalardagi fotoqopqonlarga tushgan ayiq, to‘ng‘iz va shoqol tasvirlari e’lon qilindi

Davlat ekologiya qo‘mitasi Zomin va Qizilqum qo‘riqxonalaridagi fotoqopqonlarga tushib qolgan ayiq, to‘ng‘izva shoqol tasvirlarini namoyish qildi.

Shahrisabzda Hisor qo‘riqxonasining tashrif markazi ochildi
20 iyun 2022, 17:33

Shahrisabzda Hisor qo‘riqxonasining tashrif markazi ochildi

Shahrisabzda BMT Taraqqiyot dasturi ko‘magida Hisor qo‘riqxonasining tashrif markazi ochildi. Markaz qo‘riqxonaning yovvoyi hayvonlari va faoliyat yo‘nalishi hamda yovvoyi tabiat duch kelayotgan xavf-xatarlar haqida ma’lumot beradi.

Navoiy viloyatida «Markaziy Qizilqum» bog‘i va «Oqtog‘-Tomdi» qo‘riqxonasi tashkil etilmoqda
17 fevral 2022, 14:34

Navoiy viloyatida «Markaziy Qizilqum» bog‘i va «Oqtog‘-Tomdi» qo‘riqxonasi tashkil etilmoqda

Navoiy viloyatining Uchquduq tumanida umumiy maydoni 1,2 mln ga bo‘lgan «Markaziy Qizilqum» milliy tabiat bog‘i, Tomdi tumanida umumiy maydoni 40 ming ga bo‘lgan «Oqtog‘-Tomdi» davlat qo‘riqxonasi tashkil etilmoqda.

Qoraqalpog‘istonda davlat buyurtma qo‘riqxonasi tashkil etildi
10 fevral 2021, 09:40

Qoraqalpog‘istonda davlat buyurtma qo‘riqxonasi tashkil etildi

Mo‘ynoqda alohida ekologik qimmatga ega bo‘lgan tabiiy ob’ektlar va majmualarni, hayvonlarning noyob turlarini saqlab qolish maqsadida «Sudoche-Akpetki» davlat buyurtma qo‘riqxonasi tashkil etildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting