Tarix — hayot takrorlardan iborat ekani haqida saboq beruvchi eng yaxshi ustoz; har kunlik bu saboqlardan doim ham vaqtida va to‘g‘ri xulosalar chiqarilmasa-da, tarix baribir eng yaxshi ustozligicha qolaveradi.

O‘zbekiston va jahonning bundan 90, 60 va 30 yil avvalgi manzarasiga o‘zbek matbuoti ko‘zi bilan imkon qadar nazar solish ham qiziq, ham foydali ko‘rinadi. Bundan o‘n yillar avval aynan bugungi sanada nimalar bo‘lgan, davr matbuoti ularni qanday yoritgan, jamoatchilikning munosabati qanday edi — barini “Eski gazetalar sharhi” rukni orqali kuzatib borish mumkin.

1933-yil 5-iyul, chorshanba

Sovet davri o‘zbek gazetalarining deyarli har sonida qishloq xo‘jaligi sohasidagi ishlarning borishiga doir biror bir reja-jadval beriladi. Masalan, “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1933-yil 5-iyul sonida respublika paxta dalalarida chopiqning qanday borayotganini ko‘rsatuvchi jadval berilgan. Bu borada 1-o‘rinda — Andijon viloyatining Zelenskiy (hozirgi Asaka) tumani, oxirgi o‘rinda esa Xorazm viloyatining Gurlan tumani.

“Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1933-yil 5-iyul sonidan “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1933-yil 5-iyul sonidan

Muhim siyosiy e’lon — 6-iyul kuni avvalo SSSR Konstitutsiyasining 10 yilligi munosabati bilan Toshkent istirohat bog‘ida tadbir bo‘ladi. Gazeta xabarida ta’kidlanishicha, tadbirda O‘zbekiston hukumati raisi Fayzulla Xo‘jayev ham nutq so‘zlashi aytiladi.

“Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1933-yil 5-iyul sonidan “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1933-yil 5-iyul sonidan

1930-yillar — aybsizlik prezumpsiyasi degan masalalar haqida ko‘p ham qayg‘urilmaydigan davr. Shu bois Kaganovich (hozirgi Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumani)dagi Yusupov nomli sovxoz mexanizatori Kalishevning kichik bir xabar davomida “o‘g‘ri”, “muttaham” deb ta’riflanishiga, uning ustidan “namunali sud o‘tkazish” talab qilinishiga hayron qolmasa ham bo‘ladi.

“Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1933-yil 5-iyul sonidan “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1933-yil 5-iyul sonidan

Toshkentda yangi — 1933/1934 o‘quv yiliga tayyorgarlik qanday? “O‘quv qurollari (kitob, qalam, daftar va boshqalar) olish uchun zarur pulni rayon maoriflari shartnoma orqali O‘zbekiston davlat nashriyotiga o‘tkazdilar. Biroq masalaning eng ayanchli joyi shundakim, Lenin va Proletar rayon maoriflari o‘quv kitoblari uchun shartnomani faqat rus maktablari uchun tuzib, pulni ham shu yuzasidan o‘tkazdilar. O‘zbek maktablarini esa tamom esdan chiqardilar”, — deyiladi gazeta axborotida.

“Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1933-yil 5-iyul sonidan “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1933-yil 5-iyul sonidan

Qrimdagi O‘zbekistonga tegishli, Fayzulla Xo‘jayev nomidagi sanatoriyda bo‘lib qaytgan bir sayohatchi “Qizil O‘zbekiston”ga u yerdagi sharoitlardan noligan: xirurg yo‘q, rentgen apparati ishlamaydi, klub va kutubxona tayinli ishlamaydi, gazeta-jurnallar dam oluvchilarga yetmaydi, eng dahshati — “ayniqsa “Qizil O‘zbekiston” gazetasi juda kam keladi!”.

“Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1933-yil 5-iyul sonidan “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1933-yil 5-iyul sonidan

Dunyoda nima gap? “Ishsizlik va qashshoqlik natijasida (Polshaning) Lodz shahrida o‘z-o‘zini o‘ldirganlarning soni ko‘p oshdi… Shularning ichida sobiq Seym (millat majlisi) a’zosi Mixalan ham bor”.

“Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1933-yil 5-iyul sonidan “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1933-yil 5-iyul sonidan

1963-yil 5-iyul, juma

Germaniya Demokratik Respublikasi rahbari Valter Ulbrixtning 70 ga to‘lgani munosabati bilan Berlinga safar qilib, u yerda AQSh prezidenti Jon Kennedining nutqlarini tanqid qilib kelgan SSSR yetakchisi Nikita Xrushchyov Moskvaga qaytgan. Uni “Vnukovo” aerodromida kutib olganlar orasida, jumladan, SSSR parlamentining raisi Leonid Brejnevning, SSSR tashqi ishlar vaziri Andrey Gromikoning va GDRning Sovet Ittifoqidagi elchisi Rudof Dellning xotinlari ham bo‘lgan.

“Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1963-yil 5-iyul sonidan “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1963-yil 5-iyul sonidan

Rejali iqtisodiyotda hamma narsaning “plani” bo‘ladi. Hatto tuxumning-da:

“Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1963-yil 5-iyul sonidan “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1963-yil 5-iyul sonidan

Kubalik Rodriges va Luis Xorxe Toshkent 1-avtoremont zavodida hunar o‘rganmoqda:

“Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1963-yil 5-iyul sonidan “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1963-yil 5-iyul sonidan

1933-yili ilg‘orlar “Qizil taxta”ga, qoloqlar “Qora taxta”ga chiqarilardi. 1963-yilda ilg‘orlarga ko‘chma Qizil bayroq beriladi. Oddiy qilib aytganda, motivatsiyaning bir ko‘rinishi, dalda.

“Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1963-yil 5-iyul sonidan “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1963-yil 5-iyul sonidan

Kuni kecha O‘zbekiston paxta dalalarini tekshirgani Tojikiston, Qirg‘iziston va Qozog‘istondan mehmonlar kelgandi. Ular safiga endi turkmanistonliklar ham qo‘shilgan:

“Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1963-yil 5-iyul sonidan “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1963-yil 5-iyul sonidan

1993-yil 5-iyul, dushanba

“Toshkent oqshomi” gazetasining xabar berishicha, Qoraqalpog‘istonda To‘rtko‘lning 120 yilligini bayram qilishga tayyorgarlik boshlangan, Nukusga esa AQShdan 1,5 mln dollarlik dori-darmonlar, tibbiyot asbob-uskunalari keltirigan, Andijon va Surxondaryoda esa suv ta’minotiga doir muhim loyihalar amalga oshirilmoqda.

“Toshkent oqshomi” gazetasining 1993-yil 5-iyul sonidan “Toshkent oqshomi” gazetasining 1993-yil 5-iyul sonidan

Sobiq Ittifoq respublikalari notinch — Gruziyada urush, Tog‘li Qorabog‘da urush. Rossiyaning Sverdlov viloyati esa o‘zini Ural Respublikasi deb e’lon qilgan (lekin siyosiy mustaqillikka intilmagan).

“Toshkent oqshomi” gazetasining 1993-yil 5-iyul sonidan “Toshkent oqshomi” gazetasining 1993-yil 5-iyul sonidan

“Toshkent oqshomi”ning 5-iyul sonida 21−27-iyun kunlari poytaxtda yuz bergan 277 ta jinoyatning ayrimlari haqida axborot berilgan. Ular orasida bir ayolni qo‘rqitib, 500 dollar pulini olgan zo‘ravon, kvartira olib beraman deb 140 ming so‘m pulni olgan va yo‘qolib qolgan shaxs, o‘zi ishlaydigan zavoddan mahsulot o‘g‘irlayotgan ishchi haqidagi xabarlar bor.

“Toshkent oqshomi” gazetasining 1993-yil 5-iyul sonidan“Toshkent oqshomi” gazetasining 1993-yil 5-iyul sonidan

1990-yillar boshi — SSSRda tug‘ilgan, iqtidorli, lekin ikkilanib qolgan futbolchilar uchun og‘ir davr. Ular o‘zlari tug‘ilgan respublika va Rossiya terma jamoasini tanlash masalasida arosatda qolgan. “Toshkent oqshomi”da o‘zi boshqa joyda tug‘ilgani, ammo SSSR parchalangach Rossiya termasini tanlagan uch futbolchining fikrlari keltirilgan. Ular bu tanlovlarini Jahon chempionatida ishtirok etish imkoniyati, o‘z yurtlarida ularni qadrlashmayotgani bilan izohlagan. Ma’lumot uchun, shunday qilgan futbolchilar orasida o‘zbekistonliklar (Andrey Pyatnitskiy, Valeriy Kechinov) ham bo‘lgan, eng qizig‘i, ular bir muddat O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida o‘ynashga ham ulgurgan.

“Toshkent oqshomi” gazetasining 1993-yil 5-iyul sonidan“Toshkent oqshomi” gazetasining 1993-yil 5-iyul sonidan