29-iyun kuni Toshkent vaqti bilan 09:58 da Tojikistonda zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabar qildi.

Zilzila koordinatalari: 37,35 gradus shimoliy kenglik; 71,52 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=5,1. Chuqurlik 139 km. Zilzila epitsentri Toshkentdan 478 km janubi-sharqda.

Yer silkinishi Farg‘ona (So‘x, Farg‘ona, Rishton, O‘zbekiston tumanlari, Quvasoy va Farg‘ona shaharlari) va Surxondaryo viloyatlari (Uzun, Sho‘rchi va Denov tumanlari)da 2 balli darajada sezildi.

So‘nggi bor 21-iyun kuni Qashqadaryoning Shahrisabz tumanida magnitudasi 3,4 ga teng bo‘lgan zilzila sodir bo‘lgandi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda zilzila vaqtida to‘g‘ri harakat qilishga o‘rgatadigan Zilzila mobile nomli dastur yaratilgan. Unda yer silkinishi paytida, oldin va keyin qanday harakatlar amalga oshirish kerakligi bo‘yicha va boshqa ma’lumotlar, shuningdek, tayyorgarlik darajasini tekshirish uchun testlar mavjud.