27-iyunga o‘tar kechasi Rossiyaning Samara viloyatida Honda va Hyundai transport vositalari to‘qnashib ketdi, deb xabar berdi Qirg‘iziston TIV matbuot xizmati.

Baxtsiz hodisa oqibatida 6 kishi halok bo‘lgan — ikki Qirg‘iziston fuqarosi (1992 va 1979-yillarda tug‘ilgan bir erkak va bir ayol), shuningdek, 4 nafar O‘zbekiston fuqarosi.

7 kishi (1988, 1990, 1993, 1993, 1994, 1996, 2003-yillarda tug‘ilgan erkaklar) kasalxonaga yotqizilgan. Baxtsiz hodisaning kelib chiqish sabablari va voqea bilan bog‘liq holatlar o‘rganilmoqda.

Qirg‘iziston tomoni bu masala Tashqi ishlar vazirligi va mamlakat elchixonasi nazoratida ekanini ma’lum qildi.
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi xorijdagi vatandoshlar bilan sodir bo‘lgan voqealar haqida hozircha ma’lumot bermadi.