O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Birlashgan Arab Amirliklariga tashrifi doirasida Jahon meteorologiya tashkiloti prezidenti, BAA Milliy meteorologiya markazi bosh direktori Abdulloh Al Mandus bilan uchrashdi, deya xabar berdi TIV rahbari o‘zining Telegram`dagi kanalida.

“BAAda ishlab chiqilgan ilg‘or texnologiyalar va yangi metodologiyalar, jumladan, yomg‘ir hosil qilish usuli bilan tanishdik va ularning tajribasini O‘zbekistonda, ayniqsa, Orolbo‘yi mintaqasida joriy etish istiqbollarini muhokama qildik”, — deb yozadi u.

Baxtiyor Saidov BAA iqlim o‘zgarishi va atrof-muhit vaziri Mariyam Almheyri bilan ham uchrashdi. “Suv tanqisligi, suvni chuchuklashtirish, bioxilma-xillikni himoya qilish, yangi daraxtzorlar barpo etish sohalarida Iqlim o‘zgarishi va atrof-muhit vazirligi bilan sa’y-harakatlarimizni birlashtirish hamda BAAning mazkur yo‘nalishlardagi ilg‘or tajribasini O‘zbekistonda tatbiq etishga alohida e’tibor qaratdik”, — dedi O‘zbekiston TIV rahbari.

баа, бахтиёр саидов, yomg‘ir  hosil qilish, тив

Yomg‘ir hosil qilish usuli — quruq hududlarda yog‘ingarchilikni ko‘paytirish uchun ob-havoni sun’iy ravishda o‘zgartirish jarayoni hisoblanadi. 1990-yilda BAA ushbu usuldan foydalangan holda yog‘ingarchilikni oshirish bo‘yicha tadqiqot dasturi (UAEREP)ni boshlagan.

Bulutlar samolyotlardan chiqarilgan kaliy xlorid va natriy xlorid kabi tabiiy tuzlar bilan hosil qilinadi, ular suv zarralarini o‘ziga tortadi, bir-biri bilan birlashadi va og‘irlashadi, so‘ngra yog‘ingarchilik paydo bo‘ladi.