Misrdan O‘zbekistonga gepatit S kasalligiga qarshi dorining navbatdagi partiyasi yetkazildi, deya xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

Misr hukumati tomonidan insonparvarlik yordami sifatida ajratilgan gepatit S kasalligiga qarshi “Daklatasvir” dori vositasining navbatdagi qismini Sharm ash-Shayxdan Toshkentga Uzbekistan Airways aviakompaniyasi bepul yetkazib berdi.

12 mingdan ortiq mazkur preparatlar Respublika virusologiya ilmiy tekshirish instituti tomonidan bemorlarga taqsimlanadi, deyiladi xabarda.

Bu dori vositalardan iborat bo‘lgan yuk hisob bo‘yicha joriy yilda O‘zbekistonga yuborilgan sakkizinchisidir.

  • Birinchi partiya (30-aprel) — 17 ming quti “Daklatasvir”;
  • Ikkinchi partiya (6-may) — 7,7 mingdan ortiq “Daklatasvir” va “Sofosbuvir” ;
  • Uchinchi partiya (14-may) — 17 mingdan ortiq “Daklatasvir”;
  • To‘rtinchi partiya (21-may) — 17 mingdan ortiq “Daklatasvir”;
  • Beshinchi partiya (28-may) — 17 mingdan ortiq “Daklatasvir”;
  • Oltinchi partiya (4-iyun) — 17 mingdan ortiq “Daklatasvir”;
  • Yettinchi partiya (11-iyun) — 13 ming dona “Daklatasvir”.

O‘zbekiston va Misr sog‘liqni saqlash idoralari 2023−2024-yillarda gepatitga qarshi umumiy qiymati 4,8 mln dollarlik 800 ming dona (40 tonnaga yaqin) “Daklatasvir” va “Sofosbuvir” dori vositalarini O‘zbekistonga bepul yetkazib berish bo‘yicha kelishuv tuzgan.