O‘zbekistonda Qurbon hayiti munosabati bilan 28-iyundan 2-iyulgacha — ketma-ket 5 kun dam olinadi. Bu bo‘yicha prezident qarorida keltirib o‘tilgan.
Qurbon hayitining birinchi kuni 28-iyun — chorshanba kuniga to‘g‘ri keladi va shu kuni Qurbon hayiti bayrami sifatida nishonlanadi.
2022-yil 23-dekabrdagi “2023-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida"gi farmon bilan ish haftasining turidan qat’i nazar barcha xodimlar uchun 29−30-iyun kunlari, 6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun 1-iyul kuni qo‘shimcha dam olish kuni sifatida belgilandi.
Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.
Shunday qilib,
- 28-iyun (chorshanba) — Qurbon hayiti bayrami;
- 29-iyun (payshanba) — barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni;
- 30-iyun (juma) — barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni;
- 1-iyul (shanba) — dam olish kuni, shu jumladan, 6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun qo‘shicha dam olish kuni;
- 2-iyul (yakshanba) — dam olish kuni hisoblanadi.