18-iyun kuni prezident Shavkat Mirziyoyev Eron prezidenti Ibrohim Raisiyning taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan Tehronga bordi, deya xabar bermoqda davlat rahbari matbuot xizmati.

“Mehrobod” xalqaro aeroportida O‘zbekiston rahbarining tashrifi munosabati bilan ikki davlat bayroqlari ko‘tarildi, faxriy qorovul saf tortdi.

Oliy martabali mehmonni Eron sanoat, konchilik va savdo vaziri Abbos Aliobodiy va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

”davlat

”davlat

”davlat


”davlat

”davlat

Shavkat Mirziyoyev Tehronda Ibrohim Raisiy va mamlakat oliy diniy rahbari Oyatulloh Sayyid Ali Xomanaiy bilan uchrashadi. Muloqotlar chog‘ida O‘zbekiston-Eron munosabatlarini turli yo‘nalishlarda rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqiladi. Bundan tashqari, mintaqaviy kun tartibi yuzasidan fikr almashiladi.

O‘zbekiston va Eron o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan ikki tomonlama hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.