16-iyun kuni Toshkentda 24 yoshli qiz Xitoy fuqarosini pichoqlab o‘ldirgani aniqlandi, deya xabar bermoqda Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, qiz psixotrop modda ta’sirida bo‘lgan. O‘zi bilan yashab kelgan 38 yoshli xitoylikka (erkak) rashk tufayli pichoq bilan tan jarohati yetkazib, qasddan o‘ldirgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (Qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan.