AQShning sobiq vitse-prezidenti Mayk Pens Federal saylov komissiyasiga 2024-yilda prezidentlikka nomzod bo‘lish uchun ariza topshirdi, deb xabar bermoqda Euronews. U o‘z qarorini 7-iyun kuni e’lon qilishi kutilmoqda.

Respublikachilar partiyasi a’zosi sifatida 63 yoshli Pens Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzodlik uchun sobiq prezident Donald Tramp bilan raqobatlashadi.

25-may kuni Trampning asosiy raqiblaridan biri sanalgan Florida shtati respublikachi gubernatori Ron Desantis ham prezidentlik poygasida ishtirok etishini ma’lum qilgandi.

Demokratik partiyadan AQShning amaldagi prezidenti Jo Bayden, shuningdek, AQShning 35-prezidenti Jon Kennedining jiyani, advokat Robert Kennedi va Janubiy Karolina sobiq gubernatori Nikki Xeyli ham o‘z nomzodini ilgari surgan.

Mayk Pens 2017-yildan 2021-yilgacha prezident Donald Tramp davrida AQSh vitse-prezidenti lavozimida ishlagan.

Pens 2013—2017-yillarda Indiana gubernatori lavozimida faoliyat olib borgan va 2001−2013-yillarda AQSh Kongressi Vakillar palatasi a’zosi bo‘lgan.