Ukrainaning Dnepr shahri Rossiya tomonidan o‘qqa tutilgan vaqtda tibbiyot muassasasi binosiga raketa kelib tushdi. Natijada 21 kishi jabrlangan, ulardan uch nafari og‘ir ahvolda, ikki nafar bola. Ikki kishi halok bo‘ldi, deya ma’lum qildi Dnepropetrovsk viloyati rahbari Sergey Lisak.

Viloyat rahbari, shuningdek, raketa zarbasidan ikkita bino yonib ketgani, yong‘in maydoni 1000 kvadrat metrni tashkil etganini, binolardan biri, uch qavatlisi qisman vayron qilinganini qo‘shimcha qildi. U, shuningdek, hodisa joyidan bir nechta videolarni joylashtirdi.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning aytishicha, hozirda o‘qqa tutilishi oqibatlarini bartaraf etish va jabrlanganlarni qutqarish ishlari olib borilmoqda.

“Biz bu noinsoniylarni qaytmaydigan qilib imkon qadar tezroq mag‘lub etishimiz kerak. Chunki bizning fursatimiz — bizning xalqimiz. Bizning odamlarimiz esa Ukrainadagi eng qimmatli narsadir”, — deb yozdi u.