Zomin milliy tabiat bog‘i hududida uchta bo‘ri bolasi dunyoga keldi, deb xabar qildi O‘zbekiston Tabiat resurslari vazirligi matbuot xizmati.

Qo‘riqxona xodimlari yovvoyi hayvonlarni bahorgi sanoqdan o‘tkazish jarayonida yangi tug‘ilgan bo‘ri bolalarini suratga olishdi.

Zomin davlat tog‘-archa qo‘riqxonasi Jizzax viloyatining Zomin va Baxmal tumanlari hududida joylashgan. Uning maydoni qariyb 27 ming gektarni tashkil qiladi.

22-may kuni Zarafshon milliy tabiat bog‘ida ikki kiyik bolasi ham dunyoga kelgan edi, hozirda ular kuzatuv ostida.

bo‘ri bolasi, буғу bolasi, зомин milliy tabiat bog‘i, tabiat resurslari vazirligi, қўриқхона

Buxoro bug‘usi (Cervus elaphus bactrianus) — sut emizuvchilarning bug‘ular oilasiga mansub kenja turi, jufttuyoqlilar oilasi. Bu tur yo‘qolib ketish arafasida turgan kichik tur sifatida O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga va Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqi Qizil ro‘yxatiga kiritilgan.

bo‘ri bolasi, буғу bolasi, зомин milliy tabiat bog‘i, tabiat resurslari vazirligi, қўриқхона

Tabiat resurslari vazirligi tomonidan Buxoro bug‘ulari tarqalish joylari va ularning populyatsiyasi monitoringi olib borilib, Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati hamda Qizilqum davlat to‘qay-qum qo‘riqxonasida ushbu noyob turni muhofaza qilish va ko‘paytirish choralarini ko‘rmoqda.