2023-yil yanvar-aprel oylarida O‘zbekistonda elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi 42 ta xorijiy kompaniya tomonidan 32,4 mlrd so‘m soliq to‘langan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,6 barobar ko‘p. Bu haqda Soliq qo‘mitasi xabar qildi.

soliq, xorijiy kompaniyalar

To‘langan soliqlarning 95 foizi elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi 10 ta xorijiy kompaniya hissasiga to‘g‘ri keladi:

  • Meta — 12,1 mlrd so‘m;
  • Google — 9,3 mlrd so‘m;
  • Apple — 6 mlrd so‘m;
  • Vooking.som — 1,1 mlrd so‘m;
  • Netflix — 1,1 mlrd so‘m;
  • Xsolla — 632,9 mln so‘m;
  • Yandex — 363 mln so‘m;
  • Paddle.som — 321 mln so‘m;
  • Linkedin — 275,6 mln so‘m;
  • Adobe Systems — 221 mln so‘m.

Ma’lumot uchun, 2022-yilning 11 oyi davomida mazkur xorijiy kompaniyalar tomonidan 44,8 mlrd so‘m soliq to‘langandi.