Toshkentda boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionatida (IBA) o‘zbekistonlik bokschilar 2 kun ichida yettita jang o‘tkazib, ularda g‘alaba qozondi. Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

6-may

Avvalroq Ruslan Abdullayev 6-may kuni bo‘lib o‘tgan navbatdagi jangida mavrikiylik Richanro Kolin ustidan g‘olib bo‘lgani haqida yozgandik. U endi fransiyalik Lounes Xamrouiga qarshi ringga ko‘tariladi.

-67 kg vazn toifasidagi Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev ham yaponiyalik Yuto Vakitani 5:0 hisobida mag‘lub etdi. 9-may, seshanba kuni u belaruslik bokschi Kirill Samaduraga qarshi jang o‘tkazadi.

boks, jahon чемпионати

-71 kg vazn toifasidagi Saidjamshid Jafarov meksikalik Marko Verdeni 4:1 hisobida yengdi. Ertaga, 9-may kuni u puerto-rikolik bokschi A.Perez bilan uchrashadi.

boks, jahon чемпионати

7-may

Abdumalik Xalokov (-57 kg) avstraliyalik Charli Seniorni (5:0) mag‘lub etib, chorak finalga yo‘l oldi. 10-may, chorshanba kuni u iordaniyalik Huseyn Iashish bilan ringga chiqadi.

boks, jahon чемпионати

Terma jamoaning eng yosh bokschisi A’loxon Abdullayev (-75 kg) xitoylik Mengyang Jao ustidan 5:0 hisobida ishonchli g‘alabaga erishdi. Ertaga, 9-may kuni u serbiyalik Almir Memich bilan jang o‘tkazadi.

boks, jahon чемпионати

-51 kg vazn toifasidagi Hasanboy Do‘smatov marokashlik Said Mortajini mag‘lub etdi (5:0). 9-may kuni u kubalik bokschi Erislan Romero bilan ringga ko‘tariladi.

boks, jahon чемпионати

Bahodir Jalolov (+92 kg) avstraliyalik Teremoana Teremoanani ikkinchi raundda nokautga uchratib, ishonchli g‘alabaga erishdi. 10-may kuni Jalolov qozog‘istonlik Kamshibek Kunkaboyev bilan jang o‘tkazishi kerak.

boks, jahon чемпионати

Chempionatning sakkizinchi kunida 5 nafar bokschi ringga ko‘tariladi — Shodiyorjon Meliqo‘ziyev (-48 kg) qozog‘istonlik Sanjar Tashkenbayga, Oybek Jo‘rayev (-54 kg) serbiyalik Tamir Galanovga, Mujibillo Tursunov (-60 kg) marokashlik Muhammed Hamut, Shohjaxon Abdullayev (-86 kg) qozog‘istonlik Sagindik Togambayga, Lazizbek Mullojonov (-92 kg) gruziyalik Giorgiy Chigladzega qarshi bahs olib boradi.