Toshkentda 5-may kunidan boshlab, 5-, 11-, 18-, 19-, 37-, 44-, 67-, 77-, 83-, 136-, 139-, 142-, 72- va 81-sonli poytaxt bo‘ylab harakatlanuvchi avtobus yo‘nalishlarida xizmat ko‘rsatish yangi turdagi brutto-shartnoma asosida tashkil etilmoqda. Bu haqda Toshkent shahar transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi ma’lum qildi.

Bu O‘zbekiston prezidentining 2023-yil 16-fevraldagi “Jamoat transporti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi [PQ-59-son] qaroriga asosan amalga oshirilgan.

Brutto-shartnomalar — bu yo‘lovchi tashishni tashkil etish modeli bo‘lib, unda barcha tushumlar shahar budjetining maxsus hisob raqamiga o‘tkaziladi va shahar ma’muriyati yo‘lovchi tashuvchiga yo‘nalishlar bo‘yicha to‘lovlarni bajarilgan ish hajmidan kelib chiqib, sifat nazorati ostida o‘tkazib beradi.

brutto-shartnomalar, жамоат transporti

Boshqarmaning xabar qilishicha, endi yuqorida qayd etilgan avtobus yo‘nalishlarining quyidagi 9 tasi harakat jadvali vaqtiga o‘zgarishlar kiritiladi. Ya’ni ba’zi yo‘nalishlar yarim tungacha harakatlanadi.

brutto-shartnomalar, жамоат transportibrutto-shartnomalar, жамоат transportibrutto-shartnomalar, жамоат transportibrutto-shartnomalar, жамоат transportibrutto-shartnomalar, жамоат transportibrutto-shartnomalar, жамоат transportibrutto-shartnomalar, жамоат transportibrutto-shartnomalar, жамоат transportibrutto-shartnomalar, жамоат transporti

Eslatib o‘tamiz, “Gazeta.uz” Brutto-shartnomalar ishlash mexanizmi va uni joriy qilish nima uchun kerakligi haqida poytaxt transport tizimini kompleks rivojlantirish loyiha boshqarmasi direktori Murod Obidov bilan suhbatlashgandi.