O‘zbekistonda soat 8:00 dan Konstitutsiyaning yangi tahriri bo‘yicha referendum boshlandi. Ovoz berish jarayoni 20:00 ga qadar davom etadi.

Jami 10,7 mingdan ortiq saylov uchastkalari ochilgan. Saylovchilarning yagona elektron ro‘yxatiga 19,7 mln fuqaro kiritilgan.

Ovoz berish jarayoni boshlanguniga qadar uchastkalarda kuy-musiqalar qo‘yilib turdi. Oqsoqollar mamlakatda tinchlik va farovonlik bo‘lishini so‘rab duolar qildi.

Uchastka komissiyalari a’zolari kuzatuvchilar guvohligida ovoz yerish urnalarini muhrladi. Shundan so‘ng O‘zbekiston madhiyasi yangrab, uchastkalar ovoz berish uchun ochilgani e’lon qilindi.

Uchastkalarda amaldagi Konstitutsiya va Asosiy qonunning yangi tahriri loyihasi, shuningdek, taklif etilayotgan o‘zgarishlar bo‘yicha 100 savolga javob to‘plamlari tayyorlab qo‘yilgan. Konstitutsiyaning taklif etilayotgan yangi tahriridagi alohida bandlar bilan birga hujjat loyihasining to‘liq matni ham stendlarda ko‘rsatilgan.

Ayrim uchastkalarda ovoz berish jarayonida birinchi marta qatnashayotgan yoshlar uchun referendum logotipi tushirilgan kepka va futbolkalar tayyorlab qo‘yilgan.

Ovoz berish uchastkalarining ochilishi qanday o‘tganini bizning fotoreportajimizda tomosha qiling.

“Gazeta.uz” ovoz berish jarayoni haqida kun davomida axborot berib boradi.

Foto

referendum-2023, фото

referendum-2023, фото

referendum-2023, фото

referendum-2023, фото

referendum-2023, фото

referendum-2023, фото

referendum-2023, фото

referendum-2023, фото

referendum-2023, фото

referendum-2023, фото

referendum-2023, фото

referendum-2023, фото

referendum-2023, фото

referendum-2023, фото

referendum-2023, фото

referendum-2023, фото