O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi va Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Yevropa mintaqaviy byurosi hamkorligida 25−26-aprel kunlari Toshkentda ruhiy salomatlik xizmatlarini kuchaytirish va stigmani kamaytirish bo‘yicha mintaqalararo siyosiy muloqot o‘tkazilmoqda.

Tadbirda ishtirok etish uchun O‘zbekistonga Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston sog‘liqni saqlash vazirliklari vakillari ham kelgan.

Uchrashuv Umumevropa ruhiy salomatlik koalitsiyasi doirasida o‘tkazilmoqda. Ushbu hamkorlikning maqsadi Markaziy Osiyoni o‘z ichiga olgan JSST Yevropa mintaqasida ruhiy salomatlik natijalarini yaxshilashga yordam berishdir.

Tadbirda ruhiy kasalliklar keng tarqalganligi, taxminan har 7 kishidan 1 nafari ruhiy kasallikdan aziyat chekayotgani qayd etildi. Oxirgi yillardagi voqealar, jumladan, COVID-19 pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan keskinliklar va hozirgi yashash narxining oshishi odamlarning ruhiy farovonligiga yanada ta’sir qildi.

psixiatriya, depressiya, bezovtalik

Foto: JSST

Yig‘ilishda aholining bevosita yashash joyida ruhiy salomatligini qo‘llab-quvvatlash yo‘llari muhokama qilingan asosiy masalalardan biri bo‘ldi. Bu nafaqat ko‘proq odamlarga ruhiy salomatlik xizmatidan foydalanishga yordam beradi, balki ularning uzoq muddatli tiklanishiga va mustaqil yashash qobiliyatiga hissa qo‘shadi.

Bu, albatta, katta investitsiyalarni talab qiladi. Biroq, JSST ekspertlari ruhiy kasalliklarni erta davolash nafaqat odamlarning hayot sifatini yaxshilash, balki mamlakatlarning barqaror iqtisodiy rivojlanishi uchun ham zarurligini ta’kidladilar. Chunki mehnat va intellektual bozorning asosini tashkil etuvchi yoshlar bezovtalik va depressiyaga ko‘proq uchraydi.

Surunkali ruhiy kasalliklarni davolashni deinstitutsionalizatsiya qilish

JSSTning Yevropa mintaqasidagi sog‘liqni saqlash tizimlari va siyosati direktori doktor Natasha Azzopardi-Muskat “Gazeta.uz”ga bunday tizim qanday ishlashi mumkinligi haqida gapirib berdi.

psixiatriya, depressiya, bezovtalik

Foto: euractiv.com.

Yig‘ilishda aholining bevosita yashash joyida ruhiy salomatligini qo‘llab-quvvatlash yo‘llari muhokama qilingan asosiy masalalardan biri bo‘ldi. Bu nafaqat ko‘proq odamlarga ruhiy salomatlik xizmatidan foydalanishga yordam beradi, balki ularning uzoq muddatli tiklanishiga va mustaqil yashash qobiliyatiga hissa qo‘shadi.

Bu, albatta, katta investitsiyalarni talab qiladi. Biroq, JSST ekspertlari ruhiy kasalliklarni erta davolash nafaqat odamlarning hayot sifatini yaxshilash, balki mamlakatlarning barqaror iqtisodiy rivojlanishi uchun ham zarurligini ta’kidladilar. Chunki mehnat va intellektual bozorning asosini tashkil etuvchi yoshlar bezovtalik va depressiyaga ko‘proq uchraydi.

Surunkali ruhiy kasalliklarni davolashni deinstitutsionalizatsiya qilish

JSSTning Yevropa mintaqasidagi sog‘liqni saqlash tizimlari va siyosati direktori Natasha Azzopardi-Maskat “Gazeta.uz”ga bunday tizim qanday ishlashi mumkinligi haqida gapirib berdi.

“Hozirda bezovtalik va depressiya kabi umumiy holatlarni tezda aniqlash va davolash qobiliyatini yaratish kerak, chunki nafaqat jismoniy, balki ruhiy salomatlik muammolari bilan kelgan odamlar sonining ko‘payishi tendensiyasi mavjud”, — dedi JSST vakili.

“Bizning yondashuvimiz quyidagicha: oilaviy shifokorlar va hamshiralarning ruhiy salomatlik bilan bog‘liq muammolarni erta aniqlashlari, zarur yordam va g‘amxo‘rlik ko‘rsatishlari hamda birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida davolanishlari uchun ularning malakasi, ko‘nikmalari va imkoniyatlarini takomillashtirish, mustahkamlash ustida ishlaymiz”, — deya tushuntirdi Natasha Azzopardi-Muskat.

JSST vakilining aniqlik kiritishicha, bemorlar bilan oilaviy shifokor va hamshiradan tashqari psixolog hamda ijtimoiy ishchidan tashkil topgan guruh shug‘ullanishi mumkin. Bemorni psixiatrga yoki ixtisoslashtirilgan tibbiy muassasaga faqat yanada murakkab holatlarda yuborish zarur bo‘ladi.

“Bu stigmani kamaytirishga yordam beradi va aholining ruhiy salomatlik xizmatidan foydalanishini osonlashtiradi”, — deya qo‘shimcha qildi u. “Ruhiy kasalliklari bo‘lgan odamlarning stigmasi ularning jamiyat tomonidan rad etilishi va kamsitilishini anglatadi. Bemor oilaviy shifokorga murojaat qilib, odatdagi konsultatsiya davomida o‘zining ruhiy salomatligi bilan bog‘liq muammolarni erkin muhokama qilishi mumkin bo‘ladi. Odamning psixiatriya klinikasiga borishi shart emasligi tufayli stigma kamayadi”.

Shifokorlar bunday bemorni malakali tarzda qo‘llab-quvvatlashlari uchun JSSTning mhGAP (Mental Health Gap Action Programme) maxsus dasturi mavjud, deya ta’kidladi tashkilot vakili. Dasturda aytilishicha, to‘g‘ri parvarish, psixo-ijtimoiy yordam va dori-darmonlar bilan o‘n millionlab odamlar depressiya, shizofreniya va epilepsiyadan xalos bo‘lishlari, o‘z joniga qasd qilishdan qochishlari va normal hayot kechirishlari mumkin.

JSST, shuningdek, surunkali ruhiy kasalliklarni davolashni institutsionalizatsiya qilishni taklif qiladi.

“Davolashning turli usullari va yondashuvlari mavjud. Hozir ruhiy salomatlik holati depressiya va bezovtalikdan ko‘ra jiddiyroq, masalan, psixoz va shizofreniya bilan og‘rigan odamlar muassasalardan tashqarida yashashlari mumkin”, — dedi Natasha Azzopardi-Muskat.

Uning qo‘shimcha qilishicha, hozirda umumiy, og‘ir bo‘lmagan, ayniqsa yoshlar orasida keng tarqalgan ruhiy kasalliklar, shuningdek, jiddiyroq tibbiy yordamga muhtoj bo‘lganlar uchun ham xizmatlar taqdim eta oladigan ruhiy salomatlik mutaxassislari tarmog‘ini yaratish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

“Davolashni shunday tashkil qilish mumkinki, o‘tkir, og‘ir ruhiy bemor qisqa muddatda muassasada davolanib, qolgan vaqt davomida zarur yordamni olgan holda jamiyatda yashasin”, — deydi Natasha Azzopardi-Muskat.

Shu bilan birga, JSST har bir mamlakat uchun bunday tizimni integratsiya qilish uchun tayyor modellarni taklif qilmaydi. Buning o‘rniga, tashkilot o‘z mamlakatlariga xos modellarni ishlab chiqa oladigan tibbiyot mutaxassislari, sog‘liqni saqlash xodimlari, davlat va nodavlat tashkilotlardan iborat submintaqaviy koalitsiyalarni yig‘moqda.

“Ushbu yechimlarni bir mamlakatdan nusxalab bo‘lmaydi va xuddi shu tarzda boshqa mamlakatda ham darhol amalga oshirib bo‘lmaydi. Bunday tizim nafaqat tibbiy, balki ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga ham asoslangan bo‘lishi kerak: ruhiy kasalliklarni davolash oila a’zolarining ishtirokini talab qiladi, shuningdek, agar u bola bo‘lsa maktablarni ishtiroki ham zarur. Shu bois Markaziy Osiyoning beshta davlatini birlashtirishga harakat qilindi, chunki ular umumiy tarix, qadriyatlar va madaniy xususiyatlarga ega”, — dedi Natasha Azzopardi-Muskat.

Xulosada, JSST vakili ushbu loyihaga qiziqish va O‘zbekiston prezidenti Administratsiyasining e’tiborini olqishladi.

“Shuningdek, jamiyat va biznesni ruhiy salomatlikni ta’minlash va ruhiy muammolarni oldini olish uchun hamma narsani qilishga chaqirmoqchiman. Buni maktablarda ham, ish joylarida ham qilish kerak”, — deya xulosa qildi shifokor.

Eslatib o‘tamiz, 2022-yilning mart-may oylarida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamg‘armasi (YUNISEF) O‘zbekistondagi o‘smirlarning psixologik salomatligi bo‘yicha tadqiqot o‘tkazgan edi. Unda Toshkent shahri va respublikaning barcha viloyatlaridan 299 ta maktabdan 22 854 nafar 6, 9, 11-sinf o‘quvchilari ishtirok etgan. Tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, o‘quvchilarning katta qismi (15,4%) bezovtalik (o‘rtacha va og‘ir bosqichi) va depressiyadan (9,8%) aziyat chekmoqda.