Rossiyaning “AvtoVAZ” kompaniyasi O‘zbekistonda avtomobillarni yig‘ishni qayta tiklash imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda, dedi kompaniya prezidenti Maksim Sokolov Toshkentda o‘tayotgan “Innoprom. Markaziy Osiyo” ko‘rgazmasi panel sessiyasida.

Uning qo‘shimcha qilishicha, yangi Lada Vesta O‘zbekistondagi hamkor zavodining konveyeriga aylanishi mumkin.

“Hozirda hamkorimiz bilan birgalikda avtomobillarimizni yig‘ishni tiklash bo‘yicha eng yaqin rejalarni faol ko‘rib chiqmoqdamiz. Shuningdek, u yangi avlod Lada Vesta`ning flagman modeli bo‘ladi”, — dedi Maksim Sokolov.

Kompaniya O‘zbekistonda avtomobil ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni yanada rivojlantirishni ham rejalashtirgan. Xususan, payvandlash va bo‘yash ishlarini yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari ko‘rib chiqilmoqda, dedi u.

2021-yil kuzida Roodell kompaniyasi “Jizzax” erkin iqtisodiy zonasidagi ADM Jizzakh korxonasida LADA avtomobillarini seriyali yig‘ishni boshlagan.