O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24-aprel kuni Tatariston raisi Rustam Minnixanovni qabul qildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuvda ustuvor investitsiya loyihalarini amalga oshirish va madaniy-gumanitar almashinuvlarni yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

tataристон, рuсtaм минниханов, жиззах вилояти

Foto: Prezident matbuot xizmati

Keyingi yillarda samarali hamkorlikda yuqori natijalarga erishilgani qayd etildi. O‘zaro savdo va investitsiyalar hajmi ortmoqda. Toshkent viloyatida “Chirchiq” kimyo-industrial texnoparki muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda, Rossiya delegatsiyasining mazkur tashrifi davomida yangi loyihaga — Jizzax viloyatida texnopark barpo etishga start berildi.

tataристон, рuсtaм минниханов, жиззах вилояти

Foto: t.me/nashtatarstan_official.

O‘tgan yili Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida birinchi qo‘shma kimyo-sanoat texnoparki foydalanishga topshirilgan. Bugungi kunda unda 20 ta sarmoyaviy loyiha amalga oshirilib, mahsulot Qozog‘iston va Tojikistonga eksport qilinmoqda.

Tatariston rahbari matbuot xizmatining qayd etishicha, loyiha Tatariston rahbarining 2022-yil oktabr oyida Jizzax viloyatiga tashrifi yakunlari bo‘yicha amalga oshirilgan.

Texnoparkning bosh rejasi Qozon texnopolisi bo‘lmish “Ximgrad” mutaxassislari tomonidan tayyorlangan. Texnopark O‘zbekistonda xorijiy kompaniyalarning ishlab chiqarishini mahalliylashtirishga mo‘ljallangan. Mart oyida u yerga potensial rezidentlar tashrif buyurgan.

Rustam Minnixanov Jizzaxda Qozon federal universiteti filialida yaqinda ish boshlagan Tibbiyot ta’limi markaziga tashrif buyurdi. Simulyatsiya markazida talabalar bo‘lajak mutaxassisligi bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni o‘rganadi.

tataристон, рuсtaм минниханов, жиззах вилояти

Foto: t.me/nashtatarstan_official.

QFU filiali 2022-yil oktabr oyida ochilgan. Bu yerda geologiya, dasturiy injiniring, iqtisod, jurnalistika, axborot tizimlari va texnologiyalari, tilshunoslik, tibbiy biokimyo, tibbiyot, farmatsiya va stomatologiya yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi. Filialda birinchi kursda jami 259 nafar, shundan 145 nafari tibbiyot yo‘nalishida tahsil oladi.

tataристон, рuсtaм минниханов, жиззах вилояти

Foto: t.me/nashtatarstan_official.

Rustam Minnixanov O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov bilan ham uchrashdi. Tomonlar an’anaviy va yangi yo‘nalishlar, jumladan, energetika, avtomobilsozlik, vertolyot, gaz-motor yonilg‘isi, qishloq xo‘jaligi kabi sohalardagi hamkorlik masalalarini muhokama qildi.

Tatariston delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifidan asosiy maqsad — Toshkent shahrida o‘tayotgan “Innoprom. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat ko‘rgazmasida ishtirok etish.