21-aprel, juma kuni Shveysariyaning Syurix shahrida U-20 jahon chempionati uchun qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Qur’a tashlashdan ilgari 3-savatchada bo‘lgan O‘zbekiston yoshlar jamoasi (Osiyo chempioni) turnir mezboni — Argentina joy olgan A guruhidan o‘rin egalladi. Ravshan Haydarov shogirdlari, shuningdek, Yangi Zelandiya hamda Gvatemala bilan bahs olib boradi.
Guruhlar uchun qur’a natijalari (6 ta guruhda 4 tadan jamoa):
A guruhi (Argentina, O‘zbekiston, Gvatemala, Yangi Zelandiya); B guruhi (AQSh, Ekvador, Fiji, Slovakiya); C guruhi (Senegal, Yaponiya, Isroil, Kolumbiya); D guruhi (Italiya, Braziliya, Nigeriya, Dominikan Respublikasi); E guruhi (Urugvay, Iroq, Angliya, Tunis); F guruhi (Fransiya, Janubiy Koreya, Gambiya, Gonduras).
Turnir 20-may — 11-iyun kunlari bo‘lib o‘tadi. Mundialning ochilish o‘yinida O‘zbekiston U-20 terma jamoasi mezbon Argentina yoshlariga qarshi maydonga tushadi.
O‘FA
Argentina Indoneziyaning o‘rniga musobaqada ishtirok etadi. Argentina FIFA U-20 jahon chempionati tarixidagi eng muvaffaqiyatli davlat bo‘lib, olti marta turnirda g‘alaba qozongan, oxirgi marta 2007-yilda. Mamlakat 2001-yilda ham musobaqaga mezbonlik qilgan.
Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.
Avvalroq FIFA Indoneziyani mazkur chempionat mezbonligidan chetlatishga qaror qilgandi. Bunga mamlakat aholisi Isroil terma jamoasining turnirda qatnashishiga ruxsat bermaslikni talab qilgani va 31-martga belgilangan qur’a tashlash marosimini ortga surgani sabab bo‘lgandi.