O‘zbekiston musulmonlari idorasi 21-aprel, juma kuni Ramazon hayiti namozining hududlarda o‘qiladigan vaqtlarini e’lon qildi.

Ramazon hayiti namozi Toshkent vaqti bilan soat 06:00 da, boshqa viloyatlarda namoz vaqtidagi tafovutni inobatga olib o‘qiladi. Xususan:

  • Andijon viloyati — 05:50;
  • Buxoro viloyati — 06:20;
  • Jizzax viloyati — 06:10;
  • Navoiy viloyati — 06:20;
  • Namangan viloyati — 05:50;
  • Samarqand viloyati — 06:20;
  • Sirdaryo viloyati — 06:00;
  • Surxondaryo viloyati — 06:15;
  • Toshkent viloyati — 06:00;
  • Toshkent shahri — 06:00;
  • Farg‘ona viloyati — 05:50;
  • Xorazm viloyati — 06:30;
  • Qashqadaryo viloyati — 06:20;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 06:40.

Ma’lumot uchun, Toshkent shahrida hayiti namozi o‘qilishi munosabati bilan maxsus avtobus yo‘nalishlari tashkil etiladi. Ular soat 04:00 dan 07:00 ga qadar fuqarolarning masjidlarga kelib-ketishi uchun harakatlanadi.

Toshkent metropoliteni ham o‘z faoliyatini tonggi 04:00 dan boshlaydi. Bayram munosabati belgilangan boshqa dam olish kunlari metro poyezdlari yakshanba kuni uchun tasdiqlangan jadval asosida — soat 05:00 dan harakatlanadi.