Bugun, 20-aprel tongidan Toshkent ko‘chalariga 400 ta yangi avtobus va elektrobuslar chiqa boshladi. Ular orasida 118 dona uzunligi 18 metrli garmoshkali avtobuslar, 169 ta elektrobus hamda 117 ta gazda harakatlanuvchi avtobuslar mavjud.

“Gazeta.uz” fotomuxbiri erta tongdan jamoatchilikka xizmat ko‘rsatayotgan avtobuslarni fotokamerasi obyektiviga muhrladi.

avtobus, гармошка-avtobus, жамоат транспорти, тошкент

Garmoshkali avtobuslar 9 T, 24, 38, 46, 58, 93, 115, 131-sonli yo‘nalishlarida harakatlanmoqda.

Yutong elektrobuslari esa 2,5, 13 T, 28, 37, 53, 57, 67, 95, 98, 100, 126, 140-sonli yo‘nalishlarga biriktirildi.

avtobus, гармошка-avtobus, жамоат транспорти, тошкент

12 metrli avtobuslar esa 16, 18, 47, 49, 99, 114, 129, 146, 147-sonli yo‘nalishlarda aholiga xizmat ko‘rsatishni boshladi.

“Gazeta.uz” muxbirlarining ma’lum qilishicha, hozirda yangi avtobuslarda bir qancha texnik nosozliklar kuzatilmoqda. Jumladan, old yoki o‘rta eshiklarining yopilmay qolishi, ATTO validatorlarining ayrimlari ishlamayotgani qayd etildi.

avtobus, гармошка-avtobus, жамоат транспорти, тошкент

avtobus, гармошка-avtobus, жамоат транспорти, тошкент