Poytaxtda joylashgan masjidlarda Ramazon hayiti namozi o‘qilishi munosabati bilan qo‘shimcha avtobus yo‘nalishlari tashkil etiladi, deya xabar bermoqda “Toshshahartransxizmat” matbuot xizmati.

Maxsus avtobus yo‘nalishlari masjidlarga tashrif buyuruvchi fuqarolarga qulaylik yaratish, yo‘llarda paydo bo‘ladigan tirbandliklarning oldini olish hamda hayit bayramida sifatli, xavfsiz jamoat transporti xizmatini ko‘rsatish maqsadida tashkil etilmoqda.

Ular soat 04:00 dan 07:00 ga qadar harakatlangan holda fuqarolarning masjidlarga kelib-ketishi uchun xizmat ko‘rsatadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ramazon hayiti kuni Toshkent metropoliteni o‘z faoliyatini tonggi 04:00 dan boshlashi xabar qilingandi. Bayram munosabati belgilangan boshqa dam olish kunlari metro poyezdlari yakshanba kuni uchun tasdiqlangan jadval asosida — soat 05:00 dan harakatlanadi.