«o‘fa» tegli maqolalar


O‘FA “Bunyodkor” — “Nasaf” uchrashuvida yuz bergan voqea yuzasidan tekshiruv o‘tkazmoqda
18 aprel 2023, 16:43

O‘FA “Bunyodkor” — “Nasaf” uchrashuvida yuz bergan voqea yuzasidan tekshiruv o‘tkazmoqda

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Tartib-intizom qo‘mitasi “Bunyodkor” va “Nasaf”o‘rtasidagi uchrashuvda hakam qarorlaridan norozilik ortidan yuzaga kelgan mojaroni o‘rganmoqda.

O‘FA — yoshlar terma jamoasi a’zosi Shaxriyor Jabborovning futboldan vaqtincha chetlatilgani haqida
18 aprel 2023, 15:32

O‘FA — yoshlar terma jamoasi a’zosi Shaxriyor Jabborovning futboldan vaqtincha chetlatilgani haqida

O‘zbekiston U-20 terma jamoasi futbolchisi Shaxriyor Jabborov doping testi tufayli futboldan vaqtincha chetlatilgandi. O‘FA tekshiruv hali yakunlanmagani, uning ehtiyotsizlik sabab sifatsiz biologik faol moddalar iste’mol qilgan bo‘lishi ehtimoli o‘rganilayotganini bildirdi.

Eldor Shomurodov O‘zbekistonda yilning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi
25 dekabr 2021, 20:28

Eldor Shomurodov O‘zbekistonda yilning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi

O‘zbek futbolining yil yakuniga bag‘ishlangan «Uz Football Awards-2021» marosimida Eldor Shomurodov «Yilning eng yaxshi futbolchisi», Dilshod Rahmatov «Yilning eng yaxshi futzalchisi» va Dildora Nozimova esa «Yilning eng yaxshi ayol futbolchisi» deb e’tirof etildi. Taqdirlash marosimi tafsilotlari va sovrindorlar bilan suhbat — «Gazeta.uz» reportajida.

“Maqsadim — terma jamoa bilan g‘alaba qozonish”. Srechko Katanets ishtirokidagi matbuot anjumani
27 avgust 2021, 19:06

“Maqsadim — terma jamoa bilan g‘alaba qozonish”. Srechko Katanets ishtirokidagi matbuot anjumani

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanets matbuot anjumanida maqsadi Jahon chempionatiga chiqish ekanligini, ammo ungacha qiladigan ishlar ko‘pligini ta’kidladi. “Men doim turli yoshdagi murabbiylar uchun ochiqman, ular bilan hamkorlikda ishlashimiz kerak. Sababi yosh terma jamoalar kelajakda aynan milliy terma jamoaga futbolchi yetkazib beradi”, — deydi u.

«Sho‘rtan» va «Yangiyer» klublarining ayrim futbolchilari kelishilgan o‘yinlarda qatnashganligi uchun jazolandi
31 may 2021, 17:06

«Sho‘rtan» va «Yangiyer» klublarining ayrim futbolchilari kelishilgan o‘yinlarda qatnashganligi uchun jazolandi

Futbol bo‘yicha Pro ligada ishtirok etuvchi «Yangiyer» hamda «Sho‘rtan» futbol klublarining ayrim vakillari haq evaziga kelishilgan o‘yinlarda qatnashganligi va totalizator o‘ynaydiganlarga yordam berganligi uchun 6 oydan 1 yilgacha futboldan chetlatildi. Klublarning aynan qaysi futbolchilari jazolangani haqida xabar berilmagan. O‘FA yuristi «Gazeta.uz»ga ushbu ma’lumotlarni oshkor qilish faqatgina Etika qo‘mitasining vakolati doirasida ekanligini ma’lum qildi. Bu haqda batafsil Og‘abek Samisov maqolasida.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting