Yakkasaroy va Sergeli tumanlaridan o‘tuvchi Bobur ko‘chasidagi ko‘prikning ta’mirlanish jarayonida ichimlik suv tarmog‘ini ko‘chirib o‘tkazish ishlari sabab Toshkent shahrining 4 ta tumanida suvi ta’minoti to‘xtatildi, deya xabar bermoqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati.

Jarayon 17-aprel soat 09:00dan 19-aprel soat 9:00 gacha amalga oshiriladi. Xususan, quyidagi hududlarda suv bo‘lmaydi:

Sergeli tumanida: “Jun”, “No‘g‘oyqo‘rg‘on”, “Qubaytepa”, “Yuqori Darxon”, “Qut Baraka”, “Sug‘diyona”, “Qumariq”, “Oltin Vodiy”, “Uchuvchilar” va “Bunyodobod” mahallalarida.

Yangihayot tumanida: “Viqor”, “Al-Farg‘oniy”, “Chorbog‘”, “Yo‘ldosh”, “Yangi Choshtepa”, “Choshtepa”, “Chortoq”, “Iqbol”, “Fayzli” va “Toshkent” mahallalarida.

Yakkasaroy tumanida: “Boshliq”, “Qushbegi” mahallalarida va Boshliq 4-tor, Bobur, Nukus, Abdulla Qahhor ko‘chalarida.

Mirobod tumanida: “Temiryo‘lchilar”, “Zaminobod”, “Birodarlik” mahallalarida.

Ichimlik suvi to‘xtatilgan hududlarga maxsus texnikalarda suv yetkazib beriladi. Ma’lumot uchun, ushbu jarayon 10−12-aprel sanalarida o‘tkazilishi kerak bo‘lgan, biroq texnik sabablar bilan qoldirilgan.