O‘zbekiston Markaziy banki aholi tomonidan kutilayotgan inflyatsiya bo‘yicha ma’lumotlarni e’lon qilishni qayta boshladi.

Rasmiy e’lon qilingan inflyatsiya darajasi ko‘plab uy xo‘jaliklarining talabi asosida shakllangan iste’mol savatidagi barcha tovar va xizmatlar umumiy narxlari o‘zgarishini aks ettiradi. Shaxsiy (sezilgan) inflyatsiya esa bir shaxs yoki oilaning kundalik hayotida iste’mol qilinadigan tovarlar va xizmatlar narxlarining o‘zgarishi asosida shakllanadi. Biz tez-tez sotib oladigan mahsulotimiz narxi oshgani kamdan-kam sotib oladigan mahsulotimiz narxi ko‘tarilganidan ko‘ra ko‘proq seziladi.

Markaziy bank infografika ko‘rinishidagi sharhni oxirgi marta dekabr oyi uchun e’lon qilgani kabi batafsil izohsiz taqdim etdi. O‘shandan beri ushbu mavzu bo‘yicha postlar bo‘lmagandi.

inflyatsiya, марказий bank

inflyatsiya, марказий bank

Yanvar oyida aholi tomonidan sezilgan inflyatsiya 19,5 foizga yetdi. Shu bilan birga, iste’mol narxlarining rasmiy indeksi (12,2%) bilan farq 7,3 foiz punktni tashkil etdi. Respondentlarning aksariyati narxlarning 21−25 foizga oshganini sezganini bildirgan.

inflyatsiya, марказий bank

Hududlar kesimida mart oyida sezilgan inflyatsiya darajasi Toshkent (16 foiz), Buxoro (15,7 foiz), Samarqand va Xorazm (har biri 14,8 foizdan) viloyatlarida yuqoriroq bo‘ldi. Narxlarning eng kam o‘sishi Qoraqalpog‘iston Respublikasi (11,2 foiz) hamda Surxondaryo (11,5 foiz), Qashqadaryo va Farg‘ona (har biri 13,1 foizdan) viloyatlarida kuzatildi.

O‘tgan oyda nafaqaxo‘rlar, ishlab chiqarish sohasi xodimlari, axborot texnologiyalari sohasi va ommaviy axborot vositalari, davlat organlari xodimlari tomonidan sezilgan inflyatsiya darajasi boshqa sohalarga nisbatan yuqori bo‘ldi.

inflyatsiya, марказий bank

So‘rovnoma ishtirokchilarining aksariyati mava-sabzavotlar (so‘rovda qatnashganlarning 43,1 foizi), go‘sht va sut mahsulotlari (37,2 foiz), shakar va qandolat mahsulotlari (28,5 foiz), yo‘lkira va iashish (28,2 foiz), qurilish mollari (25,4 foiz) benzin va yoqilg‘ilar (24,9%), yog‘ (21,5%) va boshqa tovar hamda mahsulotlar narxlarining yuqori o‘sishini his qilgan.

Qayd etish joiz, sezilgan inflyatsiya bo‘yicha ma’lumotlar 2022-yilning oktabr oyigacha oylik sharh ko‘rinishida e’lon qilingan. O‘tgan yilning noyabr oyidan boshlab aholi va biznesning inflyatsion kutilmalari sharhi to‘xtatildi, o‘tgan yilning iyun oyidan boshlab esa pul o‘tkazmalari bo‘yicha ma’lumotlar e’lon qilinishi to‘xtatildi.