Saudiya Arabistoni Vazirlar Mahkamasi Qirollikka Shanxay hamkorlik tashkilotining muloqot bo‘yicha sherik maqomini berish to‘g‘risidagi memorandumni ma’qulladi, deya xabar bermoqda Saudiya axborot agentligi. Seshanba kuni qirol Muhammad bin Salmon Ol Saud boshchiligida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Memorandum o‘tgan yilning kuzida Samarqandda bo‘lib o‘tgan SHHT sammitida imzolangandi. Keyin Misr va Qatar bilan ham xuddi shunday hujjatlar tuzildi.

Ma’lumot uchun, sakkiz davlat — Hindiston, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Pokiston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston SHHTga a’zo. To‘rtta davlat — Afg‘oniston, Belarus, Eron va Mo‘g‘uliston kuzatuvchi maqomiga ega. 2021 yilda Eron maqomini a’zo davlat darajasiga ko‘tarish jarayoni boshlandi. 2022 yilda xuddi shunday tartib Belarusga nisbatan boshlangandi.

To‘qqiz davlatga SHHT doirasida muloqot bo‘yicha hamkor maqomi berildi — bular Ozarbayjon, Armaniston, Misr, Kambodja, Qatar, Nepal, Saudiya Arabistoni, Turkiya va Shri-Lankadir.

2022 yilda Samarqandda bo‘lib o‘tgan sammitda Bahrayn, Maldiv orollari, Birlashgan Arab Amirliklari, Quvayt va Myanmaning muloqot bo‘yicha hamkor davlatlari maqomida SHHTga a’zo bo‘lish tartibi boshlangandi.