Nukus voqealari bo‘yicha sudlangan 16 kishining advokatlari sudga apellyatsiya shikoyati kiritdi, deya xabar qilmoqda Oliy sud matbuot xizmati.

2022-yil 1−2-iyul kunlari Nukus shahridagi ommaviy tartibsizliklarni sodir etganlikda ayblangan 22 nafar shaxsga nisbatan 2023-yil 31-yanvar kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining hukmi e’lon qilingandi.

Birinchi instansiya sudining hukmi ustidan sudlanuvchilar Dauletmurat Tadjimuratov, Polat Shamshetov (marhum), Saipnazar Kalimov, Sultanbek Kaipov, Arsilan Temirxanov, Saidabulla Medetov, Nurlan Sultamuratov, Allabay Tokimbetov, Razbek Bekmuratov, Bayram Seytniyazov, Amirbek Adilbekov, Polat Nurniyazov, Nurlan Nayipov, Baxtiyor Kadirbergenov, Dauletmurat Jiyemuratov i Kaxarman Seytimov va ularning himoyachilari tomonidan apellyatsiya shikoyati kiritilgan.

Prokuratura tomonidan esa mazkur sud hukmining sudlanuvchilar Lolagul Kallixanova, Azamat Turdanov, Axmet Smetullayev i Azamat Нуратдiновга oid qismiga nisbatan protest keltirilgan.

Jinoyat ishining ushbu sudlanuvchilarga oid qismi kiritilgan shikoyatlar va keltirilgan protestga asosan Oliy sudning Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan apellyatsiya tartibida ko‘rib chiqilishi qayd etilgan.

Apellyatsiya instansiyasi sudining jinoyat ishini ko‘rib chiqishi sanasi va vaqti haqida qo‘shimcha ma’lum qilinadi, deyiladi Oliy sud xabarida.