U-20 Osiyo kubogida g‘olib chiqqan O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi futbolchi va murabbiylariga 33 ta Gentra avtomobili topshirildi. G‘oliblarni taqdirlash marosimi 20 mart kuni «Bunyodkor» stadionida bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi O‘zA .

Unda Davlat xavfsizlik xizmati raisi, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi rahbari Abdusalom Azizov, Prezidentning yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi Odil Abdurahmonov, yoshlar siyosati va sport vaziri Adham Ikromov, «O‘zavtosanoat» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Shavkat Umurzoqov, futbolchilar va ularning oila a’zolari hamda boshqalar ishtirok etdi.

Oq rangli avtomobillarda «Prezident sovg‘asi» yozuvi va U-20 Osiyo kubogi logotipini ko‘rish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, futbol bo‘yicha 20 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi U-20 Osiyo kubogi finalida Iroq terma jamoasini mag‘lub etib (1:0) tarixda ilk bor ushbu turnirda g‘alaba qozondi.

Avvalroq, bosh murabbiy Ravshan Haydarov shogirdlari chorak finalda Avstraliyani mag‘lub etib, 20 may — 11 iyun kunlari Indoneziyada bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatiga yo‘llanma olgani haqida xabar bergandik.

Foto

u-20 осиё kubogi, президент sovg‘asi, futbol

u-20 осиё kubogi, президент sovg‘asi, futbol

u-20 осиё kubogi, президент sovg‘asi, futbol

u-20 осиё kubogi, президент sovg‘asi, futbol

u-20 осиё kubogi, президент sovg‘asi, futbol