Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki (YTTB) O‘zbekistonda tadbirkor ayollar uchun mentorlik dasturining ikkinchi fazasini tez orada boshlanishi haqida e’lon qiladi. Mazkur dastur uchun hududlar bo‘yicha ishtirokchilarni aniqlash maqsadida, YTTB Toshkent shahri va Toshkent viloyati, shuningdek, Samarqand shahri va Farg‘ona vodiysi viloyatlaridagi qiziqish bildirgan tadbirkor ayollarni belgilangan ariza shaklini to‘ldirishlariga taklif qiladi.

Dasturda mentor (ustoz) va menti (shogird) sifatida ishtirok etish uchun arizalar qabul qilinadi. Ishtirokchilarni saralash bosqichi dasturning barcha parametrlari tasdiqlanganidan so‘ng tanlov asosida amalga oshiriladi.

reklama

Dasturning ushbu fazasi doirasida 50 nafargacha mentilar tanlab olinishi rejalashtirilmoqda. Tanlov ikki bosqichda o‘tkaziladi:

  1. To‘ldirilgan anketa asosida (bunda kompaniya biznes faoliyati to‘g‘risida batafsil ma’lumot berish kerak. Olingan ushbu ma’lumotlar, ishtirokchining dasturda davomida muvaffaqiyatini baholash uchun asos bo‘lib xizmat qiladi).
  2. Dastur tashkilotchilari bilan suhbat (onlayn/oflayn) asosida (suhbat o‘tkazilishi formati hududga qarab belgilanadi).

Dasturda qatnashish yuzasidan ishtirokchilar bilan yozma kelishuv imzolanishi nazarda tutilgan. Tanlovdan o‘tgan ishtirokchilar dastur tadbirlarining kamida 90 foizida ishtirok etishlari kerak.

Menti uchun nomzodlar muayyan talablarga mos kelishligi zarur, ya’ni kompaniya davlat ro‘yxatdan o‘tgan hamda kamida ikki yillik tajribaga ega bo‘lishi kerak. Tanlov jarayonida, o‘z biznesiga ega bo‘lgan malakali tadbirkor ayol nomzodlarga afzallik beriladi. Tanlovning birinchi bosqichidan o‘tgan nomzodlar biznes faoliyatiga oid tegishli hujjatlarni (korxona/tadbirkorlik subyektining davlat ro‘yxatidan o‘tganlik guvohnomasi, sertifikat va h.k.) taqdim etishlari kerak bo‘ladi.

Mentilar quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

Ro‘yxatdan o‘tishning oxirgi muddati: 2023 yil 31-mart.

reklama

Mentorlar, kamida 5 yil davomida biznes faoliyat yuritib kelayotgan hamda eng kami
besh nafar ishchi-xodimdan iborat bo‘lgan korxonaga raxbarlik qilayotgan, o‘z sohasining malakali mutaxassislari sanaladi. Mentorlar o‘z bilim va tajribalarini ulashishga tayyor bo‘lishligi hamda o‘zlariga biriktiriladigan mentilar bilan oyiga kamida 1−2 marta uchrashish uchun vaqt ajratishlari kerak bo‘ladi.

Dasturning mazkur fazasi davomida, mentorlar o‘ziga biriktirilgan menti bilan reja asosida eng kami sakkizta o‘zaro uchrashuvlar o‘tkazishi, shuningdek menti biznesiga oid masalalar va muammolar bo‘yicha tegishli maslahatlar berishi lozim.

Dasturda mentor sifatida ayol hamda erkak tadbirkorlar ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi, shu jumladan xorijiy ishtirokchilar ham mentor sifatida qabul qilinadi.

Mentorlar quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

Ro‘yxatdan o‘tishning oxirgi muddati: 2023 yil 31-mart.

Dastur davomida mentor va menti jamoalariga zarur uslubiy yordam taqdim etiladi, shuningdek, mazkur jamoalar o‘z erishgan yutuqlari hamda yuzaga kelgan qiyinchiliklarni qayd etib boradilar.


Dasturning asosiy maqsadi — tadbirkor ayollarni o‘z biznesini yanada rivojlantirish, ularni malakasini oshirish va shaxsiy o‘sishini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, o‘zaro fikr almashinuviga sharoit yaratishdir. Dastur davomiyligi kamida olti oyni tashkil etib, har bir ishtirokchi tadbirkorga yangi ko‘nikmalar va biznes sohasidagi o‘z salohiyatini o‘stirish imkonini yaratadi. Dastur ishtirokchilar uchun ixtisoslashtirilgan treninglarda qatnashish, o‘zaro fikr almashish hamda mentor bilan ishlash jarayonlarini o‘z ichiga oladi. Menti ishtirokchi loyihaga o‘zing amaldagi biznesi bilan keladi va uni rivojlanishning yangi bosqichga olib chiqadi. Ishtirokchilar biznes strategiyasi, moliyaviy menejment, raqamli marketing va jamoa bo‘lib ishlash borasida o‘quv mashg‘ulotlari orqali o‘z salohiyatini oshiradilar.

reklama

2022 yil iyul — 2023 yil fevral oylari davomida SmartGov Consulting agentligi bilan hamkorlikda amalga oshirilgan mentorlik dasturining birinchi fazasi bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirokchilar uchun 20 dan ortiq treninglar, seminarlar va boshqa tadbirlar tashkil etildi. Mazkur faza ijrosi natijasi sifatida ishtirokchilarining 33% qismi o‘z moliyaviy ko‘rsatkichlarini yaxshilagan, 47% qismi o‘z biznesining mijozlari sonini o‘sishiga erishgan, 47%`i biznesining o‘zaro yangi hamkorlik bosqichlariga ko‘tarilgan hamda 14% qismi kompaniyalarining yangi filiallarini ochishga muvaffaq bo‘lganlar.

Reklama huquqlari asosida.